Renessans olimlari qomusi
Til | oʻzbekcha, inglizcha va arabcha |
---|---|
Janr(lar)i | ensiklopediya |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2021 |
Sahifalar soni | 236 |
ISBN | 978-9943-7557-7-2 |
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/74/International_Islamic_Academy_of_Uzbekistan_Letter_to_WMF_on_releasing_Renessans_olimlari_qomusi_under_a_CC_BY_4.0_license.pdf/page1-220px-International_Islamic_Academy_of_Uzbekistan_Letter_to_WMF_on_releasing_Renessans_olimlari_qomusi_under_a_CC_BY_4.0_license.pdf.jpg)
Renessans olimlari qomusi — Oʻzbekiston Respublikasida chiqarilgan 1 jildli diniy shaxslar haqidagi ensiklopediya. Kitob o‘zbek, ingliz va arab tillarida tayyorlangan. Unda Oʻrta Osiyodan chiqqan yoki faoliyati Oʻzbekiston tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan uch mingdan ortiq olimlar haqidagi qisqacha bio-bibliografik maʼlumotlar mavjud. Shaxslar xalqaro ko‘lamda eʼtirof etilgan arab, fors, turkiy va boshqa tillardagi manbalardan tanlab olingan. Ilmiy jamoatchilik hamda Markaziy Osiyo tarixi, madaniyati va ilm-faniga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
Kitob „Islomning Markaziy Osiyoga yoyilishi: Movarounnahrda diniy-maʼnaviy va ilmiy-madaniy markazlarning shakllanishi va rivojlanishi“ granti doirasida nashr etilgan. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy Kengashi tomonidan nashrga tavsiya qilingan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. РЕНЕССАНС ОЛИМЛАРИ ҚОМУСИ (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021 — 236-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
![]() | Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |