Ravshan Usmonov
Ravshan Abrorovich Usmonov | |
---|---|
Oʻzbеkistоnning Birlashgan Qirollikdagi elchisi | |
Mansab davri 2023-yil 14-noyabrdan – hozirgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Said Rustamov |
Oʻzbеkistоnning Malayziyadagi elchisi | |
Mansab davri 2018-yildan – 2023-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | ? |
Vorisi | Karomiddin Gadoyev |
Oʻzbеkistоnning Fransiyadagi elchisi | |
Mansab davri 2012-yildan – 2017-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Bahromjon Aʼloyev |
Vorisi | Sardor Rustamboyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
30-sentyabr 1978-yil Toshkent |
Ravshan Abrorovich Usmonov (30-sentabr, 1978-yil, Toshkent) — oʻzbek diplomati, yurist. 2012—2017-yillarda Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchisi[1]. 2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan[2]. 2018-yildan 2023-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi favqulodda va muxtor elchisi[3]. 2023-yildan Oʻzbekistonning Birlashgan Qirollikdagi elchisi[4]
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1978-yil 30-sentyabrda Toshkentda tugʻilgan.
Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]2000-yilda Buyuk Britaniya Birmingem universitetini, 2003-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan.
Ish tajribasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2000—2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi va NATO bilan hamkorlik boshqarmasi uchinchi kotibi, referenti, attashesi.
2005—2007 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi va NATO bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.
2007—2010 — Oʻzbekiston Respublikasining Ispaniyadagi elchixonasi muvaqqat ishlar vakili.
2010—2012 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi va NATO bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.
2012—2017 — Oʻzbekiston Respublikasining Fransiya, Italiya va Portugaliyadagi favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Parijda).
2017—2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari.
2018-yildan 2023-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi favqulodda va muxtor elchisi[5].
2023-yildan Oʻzbekistonning Birlashgan Qirollikdagi elchisi.
Rus, ingliz, fransuz va ispan tillarini biladi[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ambassador's Curriculum Vitae
- ↑ „Равшан Усманов назначен первым зампредседателя Госкомтуризма“.
- ↑ „Посол Равшан Усманов: Узбекистан известен своей древней архитектурой, богатой кулинарией и гостеприимными людьми“.
- ↑ „Ўзбекистоннинг Буюк Британиядаги янги элчиси тайинланди“.
- ↑ „Ўзбекистоннинг Малайзиядаги элчиси ўзининг дипломатик миссиясини якунлаяпти“.
- ↑ „Новый посол Узбекистана отбыл в Малайзию“.