Kontent qismiga oʻtish

Rauf Muhamedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rauf Muhamedov
Tavalludi 1907-yil
Vafoti 1938-yil 4-oktyabr
Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Faoliyat yillari 19201938

Rauf Muhamedov (1907-yil, Toshkent — 1938-yil, Toshkent) — davlat va siyosat arbobi. Namangan shahar soveti raisi. 1938-yilda qatagʻon qurboni boʻlgan.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1907-yil Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tugʻilgan. Millati — o‘zbek. 1929-yildan partiya a‘zosi. Boshlang‘ich ta‘limga ega. 1920—1922-yillarda Toshkentdagi II bosqichli maktabga o‘qigan. 1920—1923-yillarda Toshkent mevali choy ishlab chiqarish sexida qora ishchi bo‘lib ishlagan. 1924—1926-yillarda Toshkent eski shahar komsomolida tashkiliy bo‘lim mudiri va bir vaqtning oʻzida sekretar, 1926—1927-yillarda Toshkent okrugi ijroiya komiteti mas’ul kotibi lavozimlarida ishlagan. 19271928-yillarda okrug hunarmandlar kasaba uyushmasida madaniyat boʻlimi mudiri, 1928—1931-yillarda Oʻrta Osiyo radio markazida direktor oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 19311932-yillarda Moskvadagi Oʻzbekistonning doimiy vakolatxonasida mas’ul kotib boʻlgan, stipendiya komissiyasi raisi boʻlib xizmat qilgan. 1932-yil oktyabrdan Toshkentda Oʻrta Osiyo GGUda direktor oʻrinbosari, 1933—1935-yillarda Namangan tumani ijroiya komiteti raisi oʻrinbosari, 1936-yil 26-yanvardan Namangan shahar soveti raisi lavozimlarida ishlgan. 1937-yil 28-noyabrda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti byurosi (Usmon Yusupov raisligida) Murinning „Namnagan shahar soveti raisi va tuman ijroiya komiteti rasisi toʻgʻrisida“gi masala boʻyicha axboroti berildi. Byuro Namangan shahar partiya komitetining shahar soveti raisi Rauf Muhamedovni va tuman ijroiya komiteti raisi Tursun Otaxoʻjayevni xalq dushmani sifatida ishdan olinsin degan qaror qabul qiladi. Dadajon Abdujalilov shahar soveti raisi etib tasdiqlanadi[1].

SSSR Oliy Sudi Harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasining 1938-yil 4-oktyabr yigʻilishida Gʻafur Qosimov otishga hukm qilindi. Hukm oʻsha kuni ijro etilgan[2]. KPSSning XX syezdidan soʻng reabilitatsiya qilingan.

  1. Rustambek Shamsiddinov. Oʻzbekistonda sovetlarning qatagʻon siyosati va uning oqibatlari. 1-kitob. Toshkent, „Sharq“ 2012 — 230-bet. ISBN 9789943004818. 
  2. Naim Karimov. 1937-1938 yillarda "Katta qirg'in"ning fojiali oqibatlari. Toshkent 2015 — 155-bet.