Rakatboshi koʻchasi (Toshkent)
Amaliy San'at Muzeyi | |
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Yakkasaroy |
Uzunligi | 2 km |
Koʻchada joylashgan binolar |
Oʻzbekiston respublikasi amaliy sanʼati muzeyi Bolgariya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi Kipr Respublikasining faxriy bosh vakolatxonasi |
Rakatboshi koʻchasi — Yakkasaroy tumanining Yunus Rajabiy va „Tepa“ mahallalari hududida. Yusuf Xos Hojib va Yunus Rajabiy koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 2 km atrofida. Tarkibida 7 ta tor koʻcha bor. Akademik Vosit Vohidov koʻchasi bilan kesishgan.
1996-yil 5-sentabrdan joyning tarixiy nomi sifatida „Rakatboshi“ nomi bilan yuritiladi[1].
Yoʻnalishida Oʻzbekiston respublikasi amaliy sanʼati muzeyi, Bolgariya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi, Kipr Respublikasining faxriy bosh vakolatxonasi, maktab, bogʻcha, mahalla guzari, savdo shoxobchalari, shaxsiy turar joy binolari joylashgan. Yaqinida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Italiya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi, „Turkiston“ mehmonxonasi, "Kosmonavtlar" metro bekati, Xalqaro madaniyat karvonsaroyi, Yunus Rajabiy va Abdulla Qahhor uy-muzeylari joylashgan.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rakatboshi koʻchalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.