Kontent qismiga oʻtish

Yunus Rajabiy uy-muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yunus Rajabiy muzeyi – Oʻzbekiston xalq artisti Yunus Rajabiy hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan uy-muzey. Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan[1].

Muzey 1997-yil dekabr oyida, Yunus Rajabiy tavalludining 100 yilligi arafasida uning oʻgʻli Hasan Rajabiy tomonidan tashkil qilingan[2][3]. Muzeyning birinchi qavatida memorial va cholgʻu asboblar ekspozitsiyasi xonasi hamda mehmonxona joylashgan. Memorial xonada Yunus Rajabiyning mebellari, radio, ustki kiyimi, stolining ustida esa musiqa asbobi, notalari, ruchka, choynak-piyolalari qoʻyilgan[4]. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining 1989-yil 13-sentyabrdagi 301-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 1989-yil 28-sentyabrdagi 385-son buyrugʻiga asosan 1957-1976-yillar davomida yashagan atoqli bastakor va hofiz, Yunus Rajabiy uy-muzeyi tashkil etildi.

Yunus Rajabiy uy-muzeyi 1997-yil 19-dekabrda tashrif buyuruvchilarni qabul qila boshladi. Yunus Rajabiy 1897-yil 5-yanvarda Toshkent shahrining Chaqar mahallasida yashovchi bogʻbon oilasida, 16-farzand boʻlib dunyoga kelgan.

  • 1910—1913-yillarda eski maktabda oʻqigan.
  • 1913—1914-yillarda u musiqa ilmini tanlagan.
  • 1918—1923-yillarda musiqa texnikumida tahsil olgan.
  • 1923—1927-yillarda Samarqand shahrida ochilgan Pedagogika institutida ishlagan.
  • 1927—yilda radio qoʻmita qoshida Toshkentda birinchi oʻzbek xalq milliy cholgʻu ansamblini tashkil etdi.
  • 1934—1939-yillarda O`zbekiston davlat konservatoriyasida tahsil olgan.
  • 1940—1941-yillarda Moskvadagi bastakorlik kurslarida tahsil olgan.
  • 1942—1946-yillarda Maqomchilar ansamblini tashkil qilgan.
  • 1959—1976-yillarda Maqomchilar ansamblini qayta tuzib, bu ansamblda umrining oxirigacha rahbarlik qilgan.
  • 1953—yilda Oʻzbekiston Xalq artisti
  • 1966-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi
  • 1967-yilda Mehnat qizil bayroq ordeni
  • 1971-yilda Hamza mukofoti sovrindori

Yunus Rajabiyning 12 farzandi (7 oʻgʻil va 5 qiz) boʻlgan[manba kerak].

  1. „Дом-музей Юнуса Раджаби“. Афиша.Уз. 2015-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-aprel.
  2. „Дом - музей Юнуса Раджаби“. cultureuz.net. 2013-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-aprel. (Wayback Machine saytida 2013-10-04 sanasida arxivlangan)
  3. „Дом-музей Юнуса Раджаби“. myday.uz. Qaraldi: 2015-yil 20-aprel.
  4. „Дом - музей Юнуса Раджаби“. cultureuz.net. 2013-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-aprel. (Wayback Machine saytida 2013-10-04 sanasida arxivlangan)