Rahmonquli madrasasi
Madrasa | |
Rahmonquli madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Rahmonquli madrasasi Do‘st chuhra og‘asi guzarida joylashgan bo‘lib, 24 hujrali, hijriy 1206-yili (1791 — 1792) G‘ulom Muhammad Aminxoja naqib tomonidan qurilgan. Yillik vaqf mablag‘i 30 ming tangadan iborat bo‘lgan. Ushbu madrasada maʼrifatparvar va ajoyib ijodkor Ahmad Kalla laqabi bilan mashhur Ahmad Donish (1826 — 1897) taʼlim olgan. Professor Oxunjon Safarov Rahmonquli madrasasi o‘rni Ko‘chai sangin guzarida ekanini ko‘rsatilgan. Bu ko‘cha qadimda Mir Qoracha guzari tarkibida bo‘lgan. U Do‘st chuhra og‘asi guzari bilan qo‘shni bo‘lgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mazkur madrasa haqida tadqiqotchi Oxunjon Safarov quyidagi qiziqarli fikrlarini bildirgan: „Ko‘chai sangin hozir ham shu nom bilan yuritiladi. Unda o‘tmishda kitobatchilik va sanʼat bilan shug‘ullanuvchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan Rahmonquli madrasasi mavjud. Ahmad Donishning ona tarafdan bo‘lgan katta bobosi mulla Abdurahimbek shu madrasada mudarrislik qilgan, onasi Sakinaning otasi, yaʼni ikkinchi bobosi Abdurahmon ham shu madrasada o‘qib, kitob ko‘chirish va lavvohlik bilan shug‘ullangan. Keyinchalik ular tarbiyasi va taʼsirida Ahmad Donish ham xattotlik, lavvohlik, naqqoshlik va rassomlik hunarlarini o‘rganishga qunt qilgan. Ahmad Donishning otasi mulla Nosir Sug‘diy ham shu madrasada tahsil ko‘rgan va masjidiga imomlik qilgan. Biroq bu masjid hozir vayrona holatida, uni qayta taʼmirlamoqchi bo‘lishgan-u, chala tashlab qo‘yishgan, kiraverishda birov nonvoyxona qurib olgan. Hozir Ko‘chai sanginda eski imoratlar deyarli qolmagan“.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 400.