Rahima Aminova
Rahima Aminova | |
---|---|
Tavalludi |
18-noyabr 1925-yil Qoʻqon, Fargʻona viloyati, Oʻz SSR |
Vafoti |
2001[1] |
Fuqaroligi | Oʻz SSR -> Oʻzbekiston |
Akademik rahbarlari | I.K.Dodonov, K.E.Jitov, I.M.Moʻminov[2] |
Rahima Hodievna Aminova (1925.18.11, Qoʻqon) sharqshunos-tarixchi olima, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), tarix fanlari doktori (1963), professor (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1985), Beruniy nomidagi Davlat mukofoti (1968) laureati.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1925-yil 18-noyabrda Qoʻqon shahrida tugʻilgan.
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1944-yili Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi ToshMU) sharq fakultetini bitirgan (1948)[2]. 1949-1952 yillarda Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya instituti aspiranturasida tahsil koʻradi. Bu davrda u akademiklar I.K.Dodonov, K.E.Jitov, I.M.Moʻminov kabi taniqli tarixshunos olimlardam taʼlim oladi.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rahima Aminova Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya institutida ilmiy xodim (1953– 57), boʻlim mudiri (1957—1993), yetakchi ilmiy xodimi (1993 ydan). Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda sanoat ishchilari tarixi, agrar masala, xotin-qizlar harakati va boshqa mavzularga bagʻishlangan. Oʻzbekiston xotin-qizlari orasida jamoat ishlari olib borgan.
Ilmiy konfrensiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rahima Aminova 13-Xalqaro tarix fanlari kongressida (Moskva, 1970), 14-Xalqaro tarix fanlari kongressida (San-Fransisko, 1975), 9-Jahon sotsiologlari kongressida (Up-sala shahri, Shvesiya 1978), 10-Jahon sotsiologlari kongressida (Mexiko, 1982), 16-Xalqaro tarix fanlari kongressida (Shtutgard shahri, 1985), AQShda boʻlib oʻtgan Xalqaro tarixchilar ilmiy konfe-rensiyasida (1986), shuningdek Efiopiya, Jazoir, Bolgariya va boshqa mamlakatlarda oʻtkazilgan xalqaro simpozium va konferensiyalarda ilmiy ma’ruzalar qilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Рахима Аминова (1925 - 2001)“. http://rizoakhmad.blogspot.com/. Qaraldi: 12-noyabr 2022-yil.
- ↑ 2,0 2,1 Abdusamatov, Malik. O'zbekiston Sharqshunoslari. Toshkent: Qomuslar bosh tahririyati, 1996 — 29-30-bet.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |