Kontent qismiga oʻtish

Ragnarok (Qiyomat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Then the Awful Fight Began (Soʻngra u dahshatli jang boshlandi) Corc Hend Rayt asari. 1908

Ragnorak — Skandinav xalqlarining afsonalarida keltirilgan oʻziga xos qiyomat kuni hisoblanadi. Unga koʻra Ragnorok vaqtida butun olamni urush va oʻlim qoplab oladi. Bu vaqtda Jormungand va Thor qattiq jang olib borishadi. Jangda Thor gʻalaba qozonadi. Lekin Jormungand Thorni zaharlagani sababli u oʻladi. Shundan soʻng Jormungand Fenrirning zanjirni uzib, uni ozod qilib yuboradi. Fenrir esa Odinni yeb qoʻyadi. Odinning yana bir oʻgʻli Vidar Fenrirni oʻldiradi. Loki esa Heimdall bilan jang olib boradi. Bu jangda har ikkalasi ham halok boʻladi. Bu tartibsizliklar vaqtida dunyo olov ichida qoladi va butun koinot suv bilan qoplanadi. Biroz vaqt oʻtib, suv orqaga chekinadi va olam yangitdan dunyoga keladi. Oʻsimlik va hayvonlar paydo boʻlib, hayot yana davom etadi.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ragnarok — Skandinav xalqlarining qadimiy tili norschadan olingan boʻlib, „Tangrilarning taqdiri“ yoki „Tangrilarning qorongʻu qismati“ degan maʼnoni bildiradi. Qadimiy manbalarda Ragnarök yoki Ragnarøkkr shaklida uchratishimiz mumkin.[1][2][3]

Ragnarokning roʻy berishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Odin va Fenrir, Freyr hamda Surt. Emil Doepler asari. 1905
Thor va Jormungand jangi. Emil Doepler, 1905
Xudolar jangi. Muallif: Fridrix Vilgelm Geyn. 1882 yil

„Poetic Edda“ asarining „Völuspa“ qismi ayni paytda Richard Wagnerning „Götterdämmerung“ nomli operasi uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Bu oʻziga xos „Toʻfon rivoyati“ning boshqacha varianti ham hisoblanadi. Baʼzi tatqiqotchilar buni oʻtmishda yuz bergan ulkan tabiiy ofatning xotirasi sifatida qabul qilishadi. Ragnarok „quyosh olamni isitmagan, sovuq shamolli, 7 qish mavsumidan soʻng“ yuz berishi kerak edi. Odinning qabih ruhli oʻgli — Loki Tangrilarning qoʻriqchisi Hennardni oʻldiradi. Shundan soʻng Tangrilarning yoʻq boʻlish davri boshlanadi. Fenrir quyoshni qoraytiradi, butun olam suv ichida qoladi va insoniyat halok boʻladi. Surt yetakchiligida Aesirga hujum qilgan muz devlar Bifrost koʻprigini qulatishadi. Heimdall hujum haqida Tangrilarni xabardor qilish uchun ulkan shoxdan tayyorlangan Gjallarni chaladi. Odin maslahat olish uchun Mimir qudugʻiga borgan vaqtda dunyo daraxti — Yggdrasil qulaydi. Aesirliklar bu vaqtda muz devlar bilan jang olib borishadi. Odin, Fenrir, Freyr va boshqalar Surt tomonidan oʻldiriladi. Bu vaqtda Thor oʻrta dunyoda yashaydigan ulkan ilon — Jormungard bilan kurash olib boradi. Thor ilonni yengsa ham, zaharlangani tufayli halok boʻladi. Loki va Heimdall bir-birlarini oʻldirgandan soʻng, Vidar Fenrirni oʻldiradi. Shundan soʻng Thorning oʻgʻillari boʻlgan Modi va Magni bilan tirik qolishni uddalashadi. Bir qancha vaqt oʻtib, suv orqaga chekinadi va yangi quruqliklar paydo boʻla boshlaydi. Lifthrasir va Lif juftligi tufayli odamlar yoʻqolib ketgan oʻz nasllarini davom ettirishadi. [4]

Sanʼat va adabiyotga taʼsiri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ragnarok haqidagi dastlabki yirik asar Islandiyalik shoir, tarixchi va parlament aʼzosi boʻlgan Snorri Sturluson tomonidan „Prose Edda“[5]nomli asarida aytib oʻtadi. Snorri Sturluson bu asarni yozish uchun qadimgi manbalarni qunt bilan oʻrganib chiqadi. Norvegiyalik kinoijodkor Mikkel Brænne Sandemose tomonidan 2013-yil „Gåten Ragnarok“ nomli film ham suratga olinadi. 2017-yilda esa Thor filmining ijodkorlari, bu filmning mantiqiy davomi boʻlgan „Thor: Ragnarok“ filmini suratga olishadi.

  1. „Ragnarök“. Collins English Dictionary. HarperCollins. Qaraldi: 24 ıyul 2022.
  2. „Ragnarök“ (Wayback Machine saytida 2019-05-11 sanasida arxivlangan) (US) and Andoza:Cite Oxford Dictionaries
  3. „Ragnarök“. Collins English Dictionary. HarperCollins. Qaraldi: 24-iyul 2022.
  4. Özhan, Dünya Mitolijisi. Öztürk. Ankara: Nika yayınları, 2016. ISBN 9786058389199. Qaraldi: 2022-yil 24-iyul. 
  5. Byock 2005, s. 36.

Qoʻshimcha adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]