Kontent qismiga oʻtish

Quyimozor suv ombori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Quyimozor suv ombori — Buxoro viloyatida Quyimozor va Kogon temir yoʻl stansiyalari oraligʻida joylashgan. 1958 yilda Zarafshon daryosining etak qismidagi chuqurliklardan birining atrofini koʻtarib qurilgan. Suv omborining kosasi qumtosh aralash loyqalardan tashkil topgan yotqiziqlarda joylashgan. Dastlabki suv hajmi 280 mln. m³, maydoni 16,2 km². Eng keng joyi 5 km, oʻrtacha chuq 17 m, eng chuq. joyi 40 m. 1968 yilda suv ombori kosasining qirgʻ-oqtari 2 m dan ortiq baland marzalar bilan koʻtarildi. Uning suv hajmi 350 mln.m³ gacha, maydoni 17,3 km²ga yetdi. Quyimozor suv omborio.ga maxsus kanal (18 km) orqali Zarafshon daryosidan suv keltiriladi, shuningdek, Amu-Buxoro mashina kanalipyan 40 m³/s suv quyadigan Quyimozor nasos styasi qurildi. Jamgʻarilgan suv oʻz. 72 km va sek.iga 100 m³/s ga qadar suv oqadigan kanal orqali irrigatsiya shoxobchalariga tarqatiladi. Suv omborida suv sathi oʻzgarib turadi. Quyimozor suv omborio. tarkibiga Xorxoʻr va Duoba gidrouzellari kiradi. 1965-yildan beri Quyimozor suv omborio. Amu-Buxoro mashina kanali suvini tartibga solish maqsadida foydalaniladi. Magistral kanal bilan birgalikda suv ombori 94 ming ga yerni sugʻoradi.




[[Turkum:Suv omborlari)