Kontent qismiga oʻtish

Quvvat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Quvvat — ishning shu ish bajarilgan vaqtga nisbati bilan aniqlanadigan fizik kattalik. Agar ish bir tekis bajarilsa, I=A/g formula bilan aniqlanadi; bu yerda A—/ vaqtda bajarilgan ish. Umumiy holda I=yA/(I; bunda a"A — juda kichik Sh vaqt ichida baja-rilgan ish. Quvvat vatt (Vt) larda ifodalanadi. Quvvatning tizimdan tashqari ot kuchi (o.k.) [[deb ataladigan birligi ham mavjud (1 o.k.=735,499 Vt).

Elektr toki muayyan vaqt orali-gʻida bajargan ish elektr toki Quvvat i [[deb ataladi. Oʻzgarmas tok zanjirida Quvvat kuchlanish bilan tok kuchi koʻpaytmasiga teng. Oʻzgaruvchan tok kuchlanishi va tok kuchi oniy qiymatlari koʻpaytmasi oniy Quvvat shu oʻtgan vaqtdagi oʻrtacha Quvvat faol Quvvat, tok va kuchlanishning amaldagi qiymatlari koʻpaytmasi toʻliq Quvvat sinusoidal tok uchun toʻliq Quvvatning tok kuchi va kuchlanish orasidagi fazalar siljishi burchagi sinusiga koʻpaytmasi reak-tiv quvvat deb ataladi.

Muayyan yuza orqali vaqt birligida tovush toʻlqinlari olib oʻtadigan energiya tovush Quvvat bu Quvvatning yuza birligiga keltirilgan oʻrtacha qiymati tovush intensivligi deyiladi (qarang Tovush).

N=A/t, N=quvvat, A=bajarilgan ish, t=shu ishni bajarish uchun ketgan vaqt N=U*I, N=quvvat, U=o'tkazgich uchlaridagi kuchlanish, I=o'tkazgichdan o'tayotgan to'k kuchi [N]=J/s=w [N]=V*A=w