Tovush
Tovush mexanik energiyaning materiya boʻylab toʻlqinlar yordamida tarqalishidir. Tovush chastota, toʻlqin uzunligi, davr, amplituda va tezlik bilan xarakterlanadi.
Kundalik turmushda tovush atamasini havoda tarqaluvchi va odam eshita oladigan toʻlqinlarga nisbatan qoʻllashadi. Biroq fizikada tovush deb har qanday materiyada tarqaluvchi mexanik toʻlqinlarga aytiladi. Tovush va u bilan bogʻliq hodisalarni oʻrganuvchi fan boʻlimi akustika deyiladi.
Tovush (fizikada) — keng maʼnoda — gazsimon, suyuq yoki qattiq muhitda toʻlqin shaklida tarqaladigan elastik muhit zarralarining tebranma harakati. Tor maʼnoda — odam va hayvonlarning maxsus sezgi organlari orqali qabul qilish eshitish hodisasi. Eshitiladigan va eshitilmaydigan tovushlar bor. Chastotasi 16 Gs — 20 kGs gacha boʻlgan toʻlqinlar inson qulogʻida tovush sezgisini uygʻotadi. Chastotasi 16 Gs dan kichik boʻlgan elastik toʻlqinlar infratovush deb ataladi. Chastotasi vq20 kGs Q 1 GGs boʻlgan toʻlqinlar ultratovush va chastotasi u>1GGs dan yuqori boʻlgan toʻlqinlar gipertovush deyiladi. Infra, ultra va gipertovushlarni inson qulogʻi eshitmaydi. Gaz va suyuqliklardagi T. toʻlqini faqat boʻylama toʻlqin, qattiq jismlarda tarqaladigan toʻlqinlar esa ham boʻylama, ham koʻndalang boʻlishi mumkin. Tovush tezligi quruq havoda 15° trada 0,34 km/s, suyukdikda 152 km/s, qattiq jismda 506 km/s (olmosda 18 km/s) boʻladi.
Insonlar qabul qilgan Tovushlarni ularning yuksakligi, tembri va qattiqligiga qarab bir-biridan farq qiladi. Ana shu har bir subyektiv bahoga Tovush toʻlqinining aniq fizik xarakteristikasi mos keladi.
Har qanday real Tovush oddiy garmonik tebranish emas, balki maʼlum chastotalar toʻplamiga ega boʻlgan garmonik tebranishlarning yigʻindisidan iborat. Berilgan Tovushda ishtirok etuvchi tebranishlar chastotalari toʻplami Tovushning akustik spektri debataladi. Agar Tovushda maʼlum intervaldagi barcha chastotaga ega boʻlgan tebranishlar ishtirok etsa, u holda spektr tutash spektr deyiladi. Agar Tovush bir-biridan chekli intervallar bilan ajralib turuvchi diskret chastotali tebranishlardan tashkil topgan boʻlsa, spektr chizikli spektr deyiladi. Shovqinlar, masalan, daraxtlarning shamolda shitirlashi tutash spektrga, cholgʻu asboblari Tovushlari esa chiziqli spektrga ega boʻladi.
Yuza birligi orqali vaqt birligida Tovush toʻlqini olib oʻtayotgan energiya Tovush intensivligi deb ataladi. Elastik muhit boʻylab Tovush tarqalganda u tarqalmagan paytdagiga nisbatan ortiqcha bosim hosil boʻladi, uni tovush bosimi deyiladi. Tovush intensivligi Tovush bosimining amplitudasiga hamda muhit xossasiga va toʻlqin shakliga bogʻliq. Tovush intensivligi Xalqaro birliklar tizimida VtGʻm2 larda oʻlchanadi. Tovush intensivligi va chastotasiga bogʻliq boʻlgan Tovush qattiqligi xarakateristikasi xam mavjud. Odam qulogʻi 1 — 5 kGs chastota sohasida juda sezgir boʻladi. Bu sohada eshitish boʻsagʻasi, yaʼni eng kuchsiz eshitiluvchi Tovushlarning intensivligi 10~12 VtGʻm2, unga mos Tovush bosimi 10~5 NGʻm2 kattalikka teng. Odam qulogʻi eshitadigan Tovushning eng yuqori intensivligi 1 VtGʻm2 ga teng. Ultratovush texnikasida bundan ham yuqori (104 kVtGʻm2 gacha) intensivlikka erishilgan. Ultratovushning bu xususiyatidan texnika, biologiya va tibbiyotda keng foydalaniladi.
Muallif:
Sotivoldiev Diyorbek 07_04