Kontent qismiga oʻtish

Qurmongʻozi (tuman)

Koordinatalari: 47°26′24″N 48°58′48″E / 47.44000°N 48.98000°E / 47.44000; 48.98000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qurmongʻozi tumani
qoz. Құрманғазы ауданы
tuman
Tarkibida Atirov viloyati
Maʼmuriy markazi Qurmongʻozi
Asos solingan sanasi 1928-yil
Akim Takeshov Amanjan Adilxanovich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2012) 56,436[1] (2-oʻrin)
Zichligi 2,7 kishi./km²
Maydoni 20 800 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 71233[2]
Pochta indeksi 060400-060415[3]
Avtomobil raqami kodi E, 06
Xaritada
Qurmongʻozi tumani xaritada
47°26′24″N 48°58′48″E / 47.44000°N 48.98000°E / 47.44000; 48.98000

Qurmongʻozi tumani — Atirov viloyatining shimoli-gʻarbida joylashgan. Tuman 1928-yili tashkil topgan. Maydoni — 20,8 ming km². Aholisi 2010-yil 1-yanvarda 59,2 ming kishini tashkil qildi. Tumanning maʼmuriy markazi — Ganyushkin qishlogʻi[4].

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Azgʻir qishlogʻi
  2. Oqkoʻl qishlogʻi
  3. Asan qishlogʻi
  4. Bayda qishlogʻi
  5. Birlik qishlogʻi
  6. Yenbekshі qishlogʻi
  7. Ganyushkin qishlogʻi
  8. Dashіn qishlogʻi
  9. Dingʻizil qishlogʻi
  10. Koʻptoʻgʻoy qishlogʻi
  11. Kudryashov qishlogʻi
  12. Qigʻosh qishlogʻi (Oqkoʻl qishlogʻidan boʻlinib chiqdi)
  13. Nurjov qishlogʻi
  14. Oʻrli qishlogʻi
  15. Primore qishlogʻi
  16. Safonov qishlogʻi
  17. Suyindik qishlogʻi
  18. Shoʻrtanboy qishlogʻi
  19. Moqosh qishlogʻi

Qurmongʻozi tumani gʻarbida Rossiyaning Astraxan viloyati bilan, shimolida Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatining Boʻkeyoʻrda va Janaqala tumanlari bilan, sharqida Atirov viloyatining Isatay tumani bilan chegaradosh; janubini Kaspiy dengizining suvi yuvib turadi. Tumanning shimoliy hududi dengiz sathidan 3 m baland boʻlsa, janubi dengiz sathidan 25 – 27 m pastlikda.

Asosiy foydali qazilmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Foydali qazilmalaridan neft va gaz, qurilish materiallari, ohaktosh, gʻisht quyadigan soz bolchiqlar mavjud.

Iqlimi keskin kontinentalli, yanvar oyining oʻrtacha harorati −8 °C, iyulniki +21 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 100 – 150 mm.

Tuman aholisining asosiy qismini qozoqlar tashkil qiladi (96,4 %). Aholining oʻrtacha zichligi har 1 km²-ga chaqqanda 2,7 kishidan toʻgʻri keladi.

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanda 16 ta oʻrta, 10 asosiy maktab, musiqa, sport maktablari, kasbiy-texnik maktab, 36 klub, 40 ta kutubxona, tuman kasalxonasi, shifoxona, 19 ta feldsher-akusherlik, 37 ta feldsherlik punkt bor.