Kontent qismiga oʻtish

Qulja arvohkapalagi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qulja arvohkapalagi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Boʻgʻimoyoqlilar
Sinf: Hasharotlar
Turkum: Kapalaklar
Oila: Tungi kapalaklar
Urugʻ: Sphingonaepiopsis
Turlari: Qulja arvohkapalagi
Binar nomi
Sphingonaepiopsis kuldjaensis (Graeser, 1892)

Qulja arvohkapalagi[1] (Sphingonaepiopsis kuldjaensis) — arvohkapalaklar (Sphingidae). oilasiga mansub tungi kapalak turi.

Bunday kapalaklarning qanoti kengligi 30-34 mm. Tana va oldingi qanotlari kulrang-jigarrang. Oldingi qanotlarda qanotning markazi bo‘ylab jigarrang chiziq mavjud bo‘lib, ularda ochiq ko‘ndalang va quyuq uzunlamacha chiziqlari ajratib turadi. Orqa qanotlarining maydoni  keng.

O‘zbekistonda (Gʻarbiy Tyan-Shan, Zarafshon tizmasida), Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Xitoy (Sinszyan)da tarqalgan[1].

Kapalaklar o‘rta tog‘li (dengiz sathidan 1000-2500 metr balandlikda) daraxt va buta o‘simliklari bo‘lgan quruq aralash o‘tli dashtlarda, yaxshi isitiladigan quruq joylarda yashaydi. Asosan populyasiyasi mahalliy tartibda[1].

Yiliga bir marta to‘la, ikkinchi marta qisman nasl beradi. Kapalaklar oqshom va tunda faol. Parvoz vaqti aprel-iyun (birinchi nasl) va iyul-sentyabr oylarida, ba’zan oktyabrda (ikkinchi nasl). Qurtlar may-iyun oylarida va avgust-sentyabr oylarida rivojlanadi. Qurtlar ozuqa o‘simliklari - chaqamiq (Galium) o‘simligida rivojlanadi. Tuproqning yuqori qatlamida g‘umbakka aylanadi. Birinchi nasl qisman va ikkinchi nasl g‘umbaklari to‘liq qishlaydi[1].

Muhofaza etish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hamma joyda kam. Lokal populyasiyalarida mavsumda 10–20 donagacha hisobga olinadi, uzluksiz kamayib bormoqda. O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan (2-toifa – zaif turlar: soni kamayib borayotgan, tabiiy ravishda kam uchraydigan)[1].

Cheklovchi omillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yashash makonlarida daraxt va butalarning kesib tashlanishi, pichan tayyorlash va chorvachilikda yaylovdan haddan tashqari ko‘p foydalanish.

2(VU:D): Turkistonning zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan endemik turi.

Ko‘payish holati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ko‘paytirilmagan.

Muhofaza choralari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitob, Chotqol qo‘riqxonalari va Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida muhofaza ostiga olingan.

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Красная книга Республики Узбекистан : Редкие и исчезающие виды растений и животных : в 2 т.. — 3-е изд. — Ташкент : Chinor ENK, 2009. — Т. 2 : Животные. — 217 с.