Qrim orolning Shimoli-sharqiy sohili boʻylab Azov dengizining kichik qoʻltiqchalari (Sivash va boshqalar) choʻzilgan. Shimoli (yarim orolning katta qis-mi) dashtli tekislik (Dashtli Qrim), janubi (maydoni jihatdan kichik) Qrim togʻlari bilan band. Eng baland joyi 1545 m (Roman-Kosh togʻi). Janubida Qrimning janubiy sohili boʻylab kam-bar tekislik choʻzilgan; sohilning u yer-bu yerida lakkolitga oʻxshash magmatik jinslar (Ayudogʻ togʻi), qadimgi vulqon massivlar (Qoradogʻ togʻi) uchraydi. Foydali qazilmalari: Kerch temir rudasi, koʻllarda tuz va shifobaxsh loylar, ohaktosh, gil, mergel. Qrim orolning shimoliy qismining iqlimi moʻʼtadil quruq. Qishi iliq (yanvarning oʻrtacha temperaturasi G, 2°); yozi issiq (iyulning oʻrtacha temperaturasi 24°). Qrim orolning janubiy sohilida iqlim oʻrta dengiz iqlimi; yozi issiq (iyulning oʻrtacha temperaturasi 24°) va qishi iliq (yanvarning oʻrtacha temperaturasi 4°gacha). Yillik yogʻin gʻarbiy qismida 1000–1200 mm, sharqida 500–700 mm, shimolida 300–500 mm. Yarim orolning daryolari kamsuv; muhimlari — Chyornaya, Belbek, Kacha, Alma, Salgir. Shimoliy Qrim kanali, Salgir daryosida Simferopol suv ombori qurilgan. Bir necha yirik shoʻr koʻl bor. Shimoliy qismida kashtan, Sivash boʻylab kash-tan, shoʻrtob, shoʻrxok tuproqlar, markaziy qismida qoratuproq, togʻ oldi va togʻlarda ishqorsizlangan qoratuproq, qoʻngʻir togʻoʻrmon, yay-lovlarda qoratuproqsimon togʻ-oʻtloq tuproqlar tarqalgan. Shimoliy qismining yer yuzasi haydalib ekin ekiladi. Ozroq qismida dasht oʻsimliklari saqlanib qolgan. Togʻlarda (ayniqsa, shimoliy yon bagʻrida) dub, qoraqay-in-grab, qaragʻay oʻrmonzorlari bor. Qrimning janubiy sohilida oʻrta dengiz atrofiga xos oʻsimliklar oʻsadi. Man-zarali daraxt va butalardan iborat parklar, bogʻlar, tokzorlar, tamaki plantatsiyalari koʻp. Qrim togʻlarining janubiy etagidan sohil qismida dengiz boʻyi shahar-kurortlari joylashgan. Yarim orolda bir necha qoʻriqxona, Nikita botanika bogʻi bor. Qrim shaharlari orasida Yalta shahri juda mashhur.