Qrim-Kongo gemorragik isitmasi
Qrim-Kongo gemorragik isitmasi | |
---|---|
KXK-10 | A98.0 |
KXK-9 | 065.0 |
DiseasesDB | kasallik.htm |
Qrim-Kongo gemorragik isitmasi (lotincha: febris haemorrhagica crimiana, sin. Markaziy Osiyo gemorragik isitmasi) — Qrim-Kongo gemorragik isitma virusi kana chaqishi bilan yuqadigan odamning oʻtkir yuqumli kasalligi hisoblanadi. Asosan choʻl zonalarda kuzatiladi. Kasallik isitma, ogʻir intoksikatsiya, teri va ichki organlarda qon ketishi bilan tavsiflanadi. Birinchi marta 1944-yilda Qrimda kuzatilgan. Kasallikning qoʻzgʻatuvchisi 1945-yilda aniqlangan. 1956-yilda Kongoda ham xuddi shunday kasallik aniqlangan. Kongoda chiqqan virusni oʻrganishganda Qrimda topilgan virus bilan toʻliq oʻxshashligini aniqlangan.
Etiologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kasallikning qoʻzgʻatuvchisi Bunyavirales oilasiga mansub Orthonairoviruslar hisoblanadi. 1945-yilda M. P. Chumakov Qrimda, pichan yigʻish paytida kasal boʻlib qolgan askarlar va muhojirlarning qonini tekshirganda aniqlagan.
Epidemiologiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kasallikni oʻzida saqlovchilar kemiruvchilar, yirik va mayda qoramollar, qushlar, sutemizuvchilarning yovvoyi turlari, shuningdek, virusni tuxum orqali naslga oʻtkazishga qodir va hayot davomida virus tashuvchisi boʻlgan kanalardir. Patogenning manbayi kasal odam yoki kasal hayvon hisoblanadi. Virus kana chaqishi orqali yuqish ehtimoli katta. Asosiy tashuvchilar Hyalomma marginatus, Dermacentor marginatus, Ixodes ricinus turkumlariga mansub kanalar hisoblanadi. 2012-yilda Rossiya hududida kasallikning 74 ta holati qayd etilgan: Rostov viloyatida 41 ta, Stavropol oʻlkasida 24 ta, Astraxan viloyatida 6 ta, Qalmogʻistonda 3 ta holat [1] roʻyhatga olingan. Bundan tashqari Volgograd viloyatida, Dogʻistonda, Ingushiyada, Markaziy Osiyo, Xitoy, Gruziya, Ukraina, Bolgariya, Pokiston, Qozogʻiston sharqiy va Janubiy Afrika davlatlari (Kongo, Keniya, Uganda, Nigeriya va boshq.) ham kuzatilgan. 80 % hollarda 20 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan odamlar kasallika chalinishadi.
Patogenezi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻliq oʻrganilmagan. Bemor odam qonida viruslar boʻladi. Bemorga yordam koʻsatayotga shifokorlar qoʻlqopsiz ishlagan vaqtlarida qoʻllarida ochiq yara boʻlsa yuqtirib olishgan. Virus qon oqimiga kirgan va retikuloendotelial tizim hujayralarida toʻplangan.
Kasallikning ikkinchi bosqichida virus replikatsiyasidan va hujayralardan qonga yangi viruslar ommaviy ravishda chiqqandan soʻng, tananing umumiy ogʻir intoksikatsiyasi boshlanadi, qon tomir devorlarida oʻzgarishlar boshlanadi, ularning oʻtkazuvchanligi kuchayadi, gemorragik diatez rivojlanadi(teri va shilliq pardalarda, ichki organlarda qon ketishlar).
Klinik koʻrinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Virusning yashirin davri 1 kundan 14 kungacha choʻzilishi mumkin. Odatda 2-9 kunda namoyon boʻladi. Kasallik tez rivojlanadi. Birinchi bosqichda harorat keskin, ravishda 39-40 va undan ham yuqori darajaga koʻtariladi, bosh ogʻrigʻi, titroq, yuz va shilliq pardalarning qizarishi boshlanadi. Tananing umumiy intoksikatsiyasi belgilari kuztilishi mumkin (zaiflik, mushaklarda, boʻgʻimlarda ogʻriq, koʻngil aynishi, qayd qilish). 2-4 kundan keyin kasallikning ikkinchi, gemorragik bosqichi boshlanadi. Bemorning ahvoli keskin yomonlashadi. Teri va shilliq pardalarda toshma, dogʻlar, gematomalar koʻrinishida qon ketishlar paydo boʻladi. Deyarli tananing suyuqlik ajralishi mumkin boʻlgan barcha joyidan qon ajraladi. Qorin boʻshligʻida, jigarda ogʻriq, diareya, qusish, sariqlik, oliguriya rivojlanadi. Kasallik 10-12 kun davom etadi, ammo bemorlar keyingi 1-2 oy davomida juda kuchli ogʻriqlar ichida yotishadi. Birinchi bosqichda bu kasallikni aniqlash murrab boʻladi, chunki dastlabki alomatlar oʻtkir respiratorli infeksiyalarga oʻxshaydi. Asorat sifatida sepsis, o'pka shishi, o'choqli pnevmoniya, o'tkir buyrak yetishmovchiligi, otit, tromboflebit kuzatilishi mumkin.
Oʻlim darajasi 2 % dan 50 % gacha.
Patologik oʻzgarishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Autopsiyada oshqozon-ichak traktining shilliq qavatlarida koʻplab qon ketishlar, qorin boʻshligʻida qon aniqlanadi, ammo yalligʻlanish belgilari boʻlmaydi. Miya va uning membranalari giperemik holga kelib, medullada diametri 1-1,5 sm boʻlgan gematomalarni koʻrish mumkin. Miya sathi boʻylab kichik qon ketishlar aniqlanadi. O'pka, buyrak va jigarda ham qon ketish belgilari aniqlanadi.
Davolash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bemorlarni kasalxonaning yuqumli kasalliklar boʻlimida izolyatsiya qilish kerak. Davolash simptomatik va etiotropik yoʻllar bilan olib boriladi. Yalligʻlanishga qarshi dorilar, diuretiklar tayinlanadi. Buyrak shikastlanishini kuchaytiradigan dorilarni, masalan, sulfanilamidlarni qoʻllashni mumkin emas. Virusga qarshi preparatlar preparatlar (ribavirin) ham buyuriladi. Dastlabki 3 kun ichida tiklangan yoki emlangan shaxslarning qon zardobidan olingan geterogen ot immunoglobulini, immun zardobi bemorga yuboriladi. Bemorning qoni bilan aloqada boʻlgan odamlarda favqulodda profilaktika maqsadida maxsus immunoglobulin qoʻllanadi.
Immunitet
[tahrir | manbasini tahrirlash]Odamlarda virusga tabiiy sezuvchanlik yuqori. Tuzalgandan keyin immunitet abadiy qoladi, bu 1-2 yilga choʻziladi.
Profilaktika va nazorat choralari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hayvonlarda foydalanish uchun vaksinalar yoʻq.
Sichqoncha miyasidan olingan inaktiv vaksina KKKAga qarshi ishlab chiqilgan va Sharqiy Yevropada kichik miqyosda qoʻllangan boʻlsa-da, hozirda odamlarda keng qoʻllanishi uchun xavfsiz va samarali vaktsina mavjud emas[2].
Vaksina yoʻq boʻlganda, inson infeksiyasini kamaytirishning yagona yoʻli xavf omillari haqida xabardorlikni oshirish va odamlarni virusga chalinishini oldini olish uchun qanday choralar koʻrishi kerakligi toʻgʻrisida ogohlantirishdir.
Virusni oldini olish uchun asosiy harakatlar kasallikning tashuvchisiga qarshi kurashga qaratilgan boʻladi. Chorva mollari saqlanadigan joylariga sanitar-epidemiologik ishlov berish, tabiiy oʻchoq hududida joylashgan yaylovlarda oʻtlashning oldini olish. Kiyim-kechak, uxlash uchun sumkalar va chodirlarni hasharotlarga qarshi vositalar bilan dezinseksiya qilish. Agar kana chaqf=gan boʻlsa darhol ibbiy muassasaga murojaat qilish kerak. Tibbiyot muassasalarida virusning yuqori yuqumliligi hisobga olinishi kerak. Shuning uchun bemorlar alohida boʻlimlarda joylashtirilishi kerak va xizmat faqat maxsus oʻqitilgan xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Butenko A. M., Trusova I. N. Zabolevaemost Krimskoy gemorragicheskoy lixoradkoy v stranax Yevropi, Afriki i Azii (1943—2012) // Epidemiologiya i infeksionnie bolezni. — 2013. — № 5. — S. 48
- ↑ „Геморрагическая Крым-Конго лихорадка (Крымская геморрагическая лихорадка, Конго-крымская геморрагическая лихорадка)“. 2020-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-aprel.