Kontent qismiga oʻtish

Qozogʻiston futbol federatsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qozogʻiston Futbol Federatsiyasi
Turi Futbol tashkiloti
Egasi UEFA
Status Federatsiya
Qachon asos solingan 1914
Prezident Adilbek Jaksibekov
Aʼzolari UEFA
Vebsayti kff.kz
Til(lar)i Qozoq, Rus

Qozogʻiston futbol federatsiyasi (QFF, qozoqcha: Қазақстанның Футбол Федерациясы, Qazaqstannyñ Futbol Federatsıiasy, ruscha: Федерация Футбола Казахстана) – Qozogʻiston futbolining boshqaruv organi. Federatsiya Qozogʻistondagi toʻliq futbol tizimini, Qozogʻiston Premyer-ligasini va Qozogʻiston milliy futbol jamoasi faoliyatini yoʻlga qoʻyadi. Federatsiya shtab-kvartirasi Ostonada joylashgan.

Oldingi ismlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Qozogʻiston Respublikasi futbol assotsiatsiyasi (1992—2000)
  • Qozogʻiston futbol ittifoqi (2000—2007)
  • Qozogʻiston Futbol Federatsiyasi (2007-yildan hozirgacha)

Qozogʻiston futbol federatsiyasi (QFF) 1992-yilda tashkil etilgan[1]. 1993-yilda federatsiya dastlab Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) ning aʼzosiga aylangan. Federatsiyaning vujudga kelishi qozoq futbolini xalqaro andozalar asosida tashkil etishning dastlabki bosqichi edi. 1994-yildan FIFA aʼzoligiga qabul qilingan.

1992-yilda federatsiya milliy chempionati va kubok kabi professional darajadagi turli musobaqalarni tashkil etgan. Qozogʻiston mustaqilligining dastlabki yillari va OFKga qabul qilinmagan davrida milliy terma jamoalar uchun rasmiy xalqaro musobaqalarda ishtirok etishiga ruxsat berilmagan. QFF ishtirokida Qozogʻiston terma jamoasi 1992-yil va 1994-yil aprel oylarida Sovet Ittifoqining sobiq mamlakatlari, Markaziy Osiyolik qoʻshnilari Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston ishtirokida oʻzining dastlabki oʻyinlarini oʻtkazgan[2]. 1994-yilda QFF nihoyat FIFA va OFKning toʻliq aʼzoligiga qabul qilingan. OFKga qoʻshilish toʻgʻrisidagi qaror, federatsiya aʼzolarining ovoz berishdan soʻng qabul qilingan.

2000-yilda QFF UEFAga aʼzo boʻlish uchun ariza bergan va 2002-yil 25-aprelda Shvetsiyaning Stokgolm shahrida boʻlib oʻtgan UEFA Kongressida uning toʻliq aʼzoligiga ega boʻlgan[3][4].

  1. „AFC membership reaches 44“ (30-aprel 1993-yil).
  2. Kazakhstan International Matches – Details 1992-1999 (Wayback Machine saytida 2008-08-21 sanasida arxivlangan)
  3. „UEFA delegation visit Kazakhstan“. UEFA.com. Union of European Football Associations (26-iyun 2002-yil). Qaraldi: 21-noyabr 2019-yil.
  4. „UEFA Congress“. UEFA.com. Union of European Football Associations. Qaraldi: 21-noyabr 2019-yil.