Qorangkoʻlsoy
Qorangkoʻlsoy | |
---|---|
Qorangkoʻlsoy oʻrta oqimida
| |
Havzasi | Chirchiq daryosi/Sirdaryo/ Kichik Orol dengizi/Katta Orol dengizi |
Suv oqimi | |
Boshlanishi | |
· Boshlanish joyi | Qoʻngʻirbuk tizmasi |
· Balandligi | 1 600—1 800 m |
Quyilishi | Chirchiq (daryo) |
· Quyilish joyi | Xoʻjakent GESning quyi befi |
· Balandligi | 1 093 m |
Joylashuvi | |
Davlat | Oʻzbekiston |
Mintaqa | Toshkent viloyati |
Tuman | Boʻstonliq tumani |
Qorangkoʻlsoy |
Qorangkoʻlsoy – Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi soy, Chirchiq daryosining chap irmogʻi[1].
Gidrologik xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qorangkoʻlsoy – Chirchiqning nisbatan yirik irmoqlaridan biri boʻlib, Gʻalvasoy, Oqsoqotasoy, Parkentsoy va Qizilsoy bilan birgalikda chap tomondagi irmoq hisoblanadi[izoh 1][2]. Havzasining maydoni 15,6 km²[3], suv yigʻilish maydonining oʻrtacha balandligi 1380 m. Qorangkoʻl maydonida oʻlchanadigan yillik oʻrtacha suv sarfi 0,134 m³/s, yillik oqim hajmi 4,28 mln m³, oʻrtacha oqim moduli 8, 57 l/ sek. km², oqim qatlami – 275 sm/yil[4], 40 yillik kuzatuvlarga (1947—1987-yillar) koʻra, suv oqimining oʻzgaruvchanlik koeffitsienti 0,647 tashkil etadi[5]. Kuzatilgan maksimal suv oqimi 26,1 m³/s[3].
Soy oqimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻngʻirbuk tizmasidan oqib oʻtuvchi Qorangkoʻlsoy Chatqol tizmaslarini kesib oʻtadi[6]. Soy manbalari taxminan 1600-1800 m balandlikda joylashgan. Dastlab daryo toʻliq gʻarbiy yoʻnalishda oqadi, Qorangkoʻl qishlogʻi hududidan shimoli-gʻarbga buriladi. Qorangkoʻlsoy yuqori oqimda toshlar bilan toʻldirilgan tor daralarda oqadi. Qorangkoʻlsoy manbasida ob-havo va suv taʼsirida gʻalati shaklga ega boʻlgan ohaktosh jinslar bor. Soy pastga qarab nisbatan tik yonbagʻirli dara tubida oqadi[6]. Quyilish joyidan 3 km uzoqlikda, oʻng qiyalikdan koʻchki natijasida vodiyning tubi 10-12 m kengligida loy bilan toʻlgan. Bu choʻkindi massa eni yuqorida 5-6 m, quyida 1,0-1,5 m, chuqurligi 3-4 m boʻlgan kanyonga oʻxshash joyni yuvadi. Qorangkoʻlsoy darasi oʻrmonlar bilan qoplangan boʻlib, ularda togʻolcha, doʻlana, naʼmatak, yongʻoq, ozroq yovvoyi olma oʻsadi. Soy sohillarida toʻqay oʻsimliklari zich oʻsadi[7].
Qorangkoʻlsoyning oʻrta oqimida Qorangkoʻl qishlogʻi boʻlib, uning ortida soy oʻng qirgʻogʻida bogʻlar joylashgan. Chap qirgʻoqda esa Toshkent toʻqimachilik kombinatining „Toʻqimachi“ bolalar lageri qurilgan[6]. Qoraqultoʻgʻay qishlogʻi hududida soy suvlari Chirchiq daryosiga Xoʻjakent GESning quyi befida, taxminan 720 m balandlikda quyiladi. Chirchiqqda qoʻshilishdan oldin Qorangkoʻlsoy P-12 avtomagistral va Toshkent-Xoʻjakent temir yoʻlini kesib oʻtadi.
Izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Parkentsoy va Qizilsoy Chirchiqdan chiqadigan Chapqirgʻoq Qorasuvga quyiladi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Qorangkoʻlsoy" OʻzME. Ch-harfi (Chirchiq daryosi maqolasida)[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Чуб В. Е.. Изменение климата и его влияние на гидрометеорологические процессы, агроклиматические и водные ресурсы Республики Узбекистан (ru). Toshkent: «VORIS NASHRIYOT» MChJ, 2007-yil — 91-bet. ISBN 978-9943-304-23-9.
- ↑ 3,0 3,1 Чуб В. Е.. Изменение климата и его влияние на гидрометеорологические процессы, агроклиматические и водные ресурсы Республики Узбекистан (ru). Toshkent: «VORIS NASHRIYOT» MChJ, 2007-yil — 53-bet. ISBN 978-9943-304-23-9.
- ↑ Чуб В. Е.. Изменение климата и его влияние на гидрометеорологические процессы, агроклиматические и водные ресурсы Республики Узбекистан (ru). Toshkent: «VORIS NASHRIYOT» MChJ, 2007-yil — 92-bet. ISBN 978-9943-304-23-9.
- ↑ Чуб В. Е.. Изменение климата и его влияние на гидрометеорологические процессы, агроклиматические и водные ресурсы Республики Узбекистан (ru). Toshkent: «VORIS NASHRIYOT» MChJ, 2007-yil — 93-bet. ISBN 978-9943-304-23-9.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 Колбинцев А. П.. Ташкентский оазис (ru). Toshkent: Oʻzbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 1983-yil — 45-bet.
- ↑ Колбинцев А. П.. Ташкентский оазис (ru). Toshkent: Oʻzbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 1983-yil — 46-bet.