Kontent qismiga oʻtish

Parkentsoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Parkentsoy
Parkentsoy va Surenota tizimi, iyunda)
Parkentsoy va Surenota tizimi, iyunda)
Tavsif
Uzunligi 40
Davlat Oʻzbekiston
Parkentsoy


Parkentsoy — Toshkent viloyati Parkent tumanidagi soy (yuqori oqimida Kumushkonsoy deb nomlanadi). Uzunligi 40 km, havzasining maydoni 198 km². Qizilnura choʻqqisi (3267 m)ning shimoli-gʻarbiy yon bagʻirlaridan oqib tushadigan, umu-miy uz. 112 km boʻlgan kattakichik irmoklarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Parkentsoy gʻarbiy yoʻnalishda oqib, Chapqirgʻoq Qorasuv kanaliga quyiladi. Mavsumiy qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yyutlik suv sarfi 0,64 m³/sek. Tulinsuv davri mart—iyun oylarida, oqimining 75—80% shu davrga toʻgʻri keladi. Aprel oyida suvi eng koʻp boʻladi (oʻrtacha 2,5 m³/sek). Parkentsoyda tez-tez sel toshqini ham boʻlib, bu vaqtda suv sarfi 108 m³/sek. gacha ortadi (1967-yil 29-aprel). Parkentsoydan Kumushkon, Changi, Hisarak qishlokdari hamda Parkent shahri va ular atrofidagi ekin maydonlari suv oladi.[1]

Parkentsoy (keyinda) va Chapqirgʻoq Qorasuv kanali, yanvarda
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil