Kontent qismiga oʻtish

Qorachoʻrin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qorachoʻrin - Gʻarbiy Turk xoqonligi hukmdorlaridan biri (576603). Istamining oʻgli.

Q. 576 yil Istami yabgʻu vafot etgach, uning oʻrnini egallaydi. Q. otasining ishini davom ettirib, asosiy eʼtiborni Gʻarbga, xususan, Sosoniylar Eroniga qaratadi.

Q. davrida Turk xoqonligi — sosoniylar siyosiy munosabatlarida xoqonlikning qoʻli baland kela boshlaydi.

6-asrning oxirgi choragiga kelib xoqonlikning sharqiy qismida boshboshdoqlik avj ola boshlagan. Taspar xoqon vafot etgach (581), uning vorislari orasida taxt talashuvlari avj oladi. Sharqiy Turk xoqonligi hukmdori Ishbara xoqon davrida (581—587) undan norozi boʻlgan shahzodalar Xitoy sulolalari bilan til biriktira boshlaydilar. Bunga Q. ham tortiladi. Xitoydagi Suy sulolasi xoqonlikni parchalash niyatida "Oʻn oʻq" boshqaruvi yabgʻusi Q.ga elchi yuborib, uni yagona Turk xoqoni sifatida tan olishini bildiradi. Natijada, markazi Yettisuv boʻlgan Shim. Qora dengiz boʻylari, Shim. Kavkaz, Volgaboʻyi, Amudaryo-Sirdaryo oraligʻi, Xuroson, Shim. Afgʻoniston, Sharqiy Turkiston hududlarini oʻz ichiga olgan Gʻarbiy Turk xoqonligi tashkil topadi.

Suy sulolasi Turk xoqonligining bir markazga birlashtirishga harakat qilgan Tuli (600609) tarafini oladi, Toʻnga Turon oʻldiriladi (600), fursatdan foydalangan Q. markaziy hokimiyatni egallaydi. Endi Suy sulolasi Tulini Q.ga qarshi qoʻya boshlaydi. 601—603 yillar orasida Xitoyning shim. viloyatlariga bir necha safar uyushtirib Tulini bartaraf etishga harakat qilgan Q. muvaffaqiyatsizlikka uchrab, zaiflashadi. Buning ustiga tele qabilalarining isyoni hokimiyatga qarshi katta zarba boʻladi. Q. hokimiyatni boy berib, 603 yilda Nanshan togʻlari atrofida yashovchi tuguxun (togon) lar huzuriga qochib, oʻsha yerda bedarak ketadi.

  • Klyashtornyy S.G., Savinov D.G. Stepnyye imperii drevney Yevrazii. SPb.: Filologicheskiy fakul'tet Sankt Petersburg, 2005.
  • Gʻaybulla Boboyorov.