Qora baliqlar
Qiyofa
Qora baliqlar, marinkalar — karpsimonlar oilasiga mansub baliqlar urugʻi. Uz. 50—70 sm gacha (odatda, 25—45 sm), vazni 8 kg gacha (odatda, ancha kam). Orqa suzgichida mayda tishchali tikanlari bor; orqa chiqaruv teshigi yaqinidagi tangachalari birmuncha yirikroq. Osiyo qitʼasidagi suv havzalarida, shuningdek, Amudaryo va Sirdaryoda keng tarqalgan. Maydan avgustgacha 13,5—28 mingtagacha uvildiriq tashlaydi. Shu davrda uvildiriqlari, qorin boʻshligʻi devori pardasi zaharli boʻlishi mumkin. Oʻzbekistonda togʻ daryolari va soylarda oddiy Qora baliqlar tarqalgan. Yosh baliqchalar bentos hayvonlari va oʻsimlik bilan oziqlanadi. Voyaga yetgan Qora baliqlar yirtqich.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |