Qoqi (oʻsimlik)
Qiyofa
Qoqi — murakkabguldoshlarga mansub koʻp yillik sut shirali oʻsimlik turkumi. Boʻyi 10—40 sm, barglari ildiz boʻgʻzidan chiqqan, lansetsimon, koʻpincha toʻpbarg hosil qiladi. Gullari sariq, savatchaga yigʻilgan. Mevasi pistacha. Apreldan iyulgacha gullab, meva tugadi. Oʻzbekistonning deyarli barcha viloyatlarida tarqalgan. Yoʻl yoqalari, ariq boʻylari, bogʻlar, togʻli joylar va dalalarda uchraydi. Togʻ qoqi, dorivor qoqi (momaqaymoq), shoxsiz qoqi, kallakdor qoqi va boshqa turlari bor. Ildizida inulin toʻplanadi. Barglari sabzavot sifatida ishlatiladi. Qoqining ildizidan tayyorlangan ekstrakt yoki poroshok ishtaha ochuvchi, ovqat hazm qilishni yaxshilovchi hamda oʻt haydovchi dori sifatida ishlatiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |