Qoʻrqoq
Asl nomi | Трус |
---|---|
Muallif(lar) | Lev Nikulin |
Tarjimon(lar) | Mirziyod Mirzoidov |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi | 1961 |
Nashriyot | „Toshkent“ Badiiy adabiyot nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1965 |
Sahifalar soni | 392 |
„Qoʻrqoq“ (ruscha: Трус) — rus yozuvchisi Lev Nikulin qalamiga mansub roman. Ilk bor 1961-yil Moskva shahrida „Sovetskiy pisatel“ nashriyotida chop etilgan.[1] Asar besh boʻlimga boʻlingan. Roman bosh qahramoni Sergey Shcheglov (ruscha: Сергей Щеглов) gestapoda qiynoqqa tutiladi va qoʻrqoq boʻlib qoladi. Asarni Mirziyod Mirzoidov oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bosh qahramon Sergey Shcheglovni (ruscha: Сергей Щеглов) gestapo qiynoqqa tutadi. Natijada u qoʻrqoq boʻlib qoladi. Sevgan yori Rozini (ruscha: Рози) tashlab qochadi. Yashirin tashkilot aʼzosi Deniza (ruscha: Дениза) ismli qizning payiga agentlar tushganini koʻradi, ammo uni ogohlantirishdan qoʻrqadi. Natijada bir necha kishi natsistlar qoʻlida halok boʻladi. Koʻp qiyinchiliklarga duchor boʻlgan Shcheglov Rossiyadan kelgan sayyohlarni uchratib qolmagunicha xor-zorlikda kun kechiradi.
Qahramonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sergey Shcheglov (ruscha: Сергей Щеглов) – bosh qahramon
- Rozi (ruscha: Рози) – Shcheglovning yori
- Deniza (ruscha: Дениза) – yashirin tashkilot aʼzosi
Oʻzbekcha tarjimasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Romanni Mirziyod Mirzoidov 1961-yil „Sovetskiy pisatel“ nashriyotida chop etgan nashrga asoslanib oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1965-yil Toshkent shahrida „Toshkent“ Badiiy adabiyot nashriyotida chop etilgan. Oʻzbek tilidagi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: S. Rahimov – muharrir, V. Porotikov – rassom, I. Nirkov – rasmlar muharriri, L. Parpixoʻjayev – texnik muharrir, I. Qobilov – musahhih. Kitob adadi – 15 000 nusxa.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]