Kontent qismiga oʻtish

Qoʻchqor Xonazarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qoʻchqor Xonazarov
Tavalludi 27-yanvar 1922-yil
Vafoti 4-iyun 2019-yil(2019-06-04)
(97 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Qoʻchqor Xonazarovich Xonazarov (1922.27.1, Toshkent — 2019.4.6) — faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), falsafa fanlari doktori (1963), professor (1967). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1942—1944). Moskva xalqaro munosabatlar institutini tugatgan (1950), KPSS MK huzuridagi Marksizmleninizm instituti (1953—59; 1971 — 1980), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti (1959—1963)da katta ilmiy xodim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi falsafa kafedrasi mudiri (1964), Til va adabiyot instituti direktori (1964—1971), Falsafa va huquq instituti direktori (1980—1986), boʻlim mudiri (1995—1998). Oʻzbek sovet ensiklopediyasi bosh muxarriri (1986—1988). Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kafedra mudiri (1993-95; 1998-2003). Ilmiy faoliyati milliy va jahon tillari munosabatlari, milliy munosabatlar, maʼnaviyat, mafkura, madaniyat masalalariga bagʻishlangan. „Mehnat shuhrati“ ordeni (2002), „Shuhrat“ medali (1995) bilan mukofotlangan.[1]

  1. „arxiv nusxasi“. 21-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-oktabr 2020-yil.