Qizcha va qushqanot
Asl nomi | Девочка и птицелёт |
---|---|
Muallif(lar) | Vladimir Kiselyov |
Tarjimon(lar) | Meli Normatov va Jamol Erkinxoʻjayev |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi | 1966 |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1974 |
Sahifalar soni | 208 |
„Qizcha va qushqanot“ (ruscha: Девочка и птицелёт) — ukrain yozuvchisi Vladimir Kiselyov qalamiga mansub bolalar uchun moʻljallangan roman. Muallif asarni 1966-yil yozgan. Romandagi sheʼrlarni Leonid Kiselyov yozgan. „Qizcha va qushqanot“ni oʻzbek tiliga Meli Normatov bilan Jamol Erkinxoʻjayev tarjima qilgan.
Asardagi hodisalar 1960-yillarda Kiyev shahrida sodir boʻladi. Bosh qahramon Olya va uning doʻstlari qush kabi qanot qoqib uchadigan moslama ixtiro qiladilar va birga turli tajribalarni oʻtkazadilar.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asardagi hodisalar 1960-yillarda Kiyev shahrida sodir boʻladi. Oʻn uch yoshli Olya kimyo va sheʼriyatga qiziqadi va doʻstlari bilan uchuvchi moslamani ixtiro qiladi. Olya sinfdan qolgan oʻquvchi Kolyaga doskaga chiqishdan qoʻrqmaslikni oʻrgatadi. Olya va Kolya yaqin doʻstlarga aylanadilar.
Qahramonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Olya – oʻn uch yoshli qizaloq, bosh qahramon
- Kolya – sinfdan qolgan bolakay, Olyaning doʻsti
- Lena – aʼlochi oʻquvchi va bilagʻon
- Vitya – Olyaning yana bir doʻsti
Oʻzbekcha tarjimasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Qizcha va qushqanot“ni oʻzbek tiliga 1968-yil „Detskaya literatura“ nashriyoti chop etgan ruscha nashridan Meli Normatov bilan Jamol Erkinxoʻjayev tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1974-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Oʻzbek tilidagi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Surayyo Saydaliyeva – muharrir, A. Shterenberg – rassom, L. Miroyedova – muqova rassomi, K. Nazarov – rasmlar muharriri, L. Shishikina – texnik muharrir, M. Ilyosov – musahhih. Kitob adadi – 45 000 nusxa.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]