Qirol Xolid aeroporti masjidi
Masjid | |
![]() | |
Masjid binosi, chap tarafda minora, oʻng tarafda boshqaruv minorasi, 2007-yil | |
Mamlakat | ![]() |
Shahar | Ar-Riyod |
Joylashuvi | Podshoh Xolid xalqaro aeroporti |
Koordinatalar | 24°57′32″N 46°42′05″E / 24.9588°N 46.7014°E |
Masjid turi | jome masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi[1] |
Meʼmor | HOK (Hellmuth, Obata + Kassabaum) frmasi |
Binokorlik sanasi | 1983 yil |
Oʻlchami | 9,000 namozxon |
Bino maydoni | 5,600 m2 (60,000 kv ft) |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar balandligi | 39 m (128 ft) |
![]() |
Qirol Xolid aeroporti masjidi (arabcha: جامع مطار الملك خالد) – Saudiya Arabistonining ar-Riyod shahridagi Qirol Xolid xalqaro aeroportida joylashgan islomiy (sunniy) jome masjidi. 1983-yilda qurilgan[2] masjid 5,600 m2 (60,000 kv ft) maydonni egallaydi. Bino loyihasi AQShning HOK arxitektura firmasi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, anʼanaviy islom arxitekturasi elementlarini oʻzida mujassam etgan. Masjid birinchi navbatda ar-Riyod orqali kelayotgan yoki ketayotgan musulmon yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi.
Umumiy maʼlumot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid 1983-yilda AQShning HOK arxitektura firmasi tomonidan Qirol Xolid xalqaro aeroporti yonida qurilgan[3][4][5] va 1984-yilda namozxonlar uchun ochilgan[6][7].
Masjidda haftalik juma namozidan tashqari[8] Ramazon hayiti va Qurbon hayiti kunlarida har yili hayit namozi oʻqiladi[9].
Aeroport Saudiya Arabistonida birinchi boʻlib oʻsha vaqtdagi muhandislik meʼyorlari asosida qurilgan. Bino qurilgan vaqtda dunyodagi eng zamonaviy masjid boʻlgan. Uning qurilishida eng soʻnggi muhandislik yangiliklaridan foydalanilgan va anʼanaviy arab uslubida majmua yaratishga eʼtibor qaratilgan. Shuningdek, masjid oʻsha davrda dunyodagi eng katta integral sanʼat dasturi bilan ajralib turgan[10]. Binoda anʼanaviy islomiy bezak elementlarini[11] zamonaviy rassomlar ishlari bilan uygʻunlashtirilgan[12][13].
Qirol Xolid xalqaro aeroporti keluvchi va ketuvchi yoʻlovchilar uchun masjidga bepul transport xizmatlarini taklif qiladi[14].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Saudi Arabia (en). Information Office of the Royal Embassy of the Kingdom of Saudi Arabia, 1984.
- ↑ Holod, Renata. The Contemporary Mosque: Architects, Clients, and Designs Since the 1950s (en). Thames and Hudson, 1997. ISBN 978-0-8478-2043-6.
- ↑ „مسجد مطار الملك خالد الدولي جمال في التصميم وبعد عن المصلين..!!“. www.al-jazirah.com. Qaraldi: 2024-yil 6-mart.
- ↑ The Islamic jurisprudence about mosque architecture (ar). College of Architecture and Planning, King Saud University, 1999.
- ↑ al-majallah (ar). al-Sharikah al-Saʻūdīyah lil-Abḥāth wa-al-NASHR, 1997.
- ↑ Esposito, John L.. The Oxford History of Islam (en). Oxford University Press, 2000-04-06. ISBN 978-0-19-988041-6.
- ↑ مجلة الفيصل: العدد 177 (ar). مركز الملك فيصل للبحوث والدراسات الإسلامية, 1991-10-01.
- ↑ „مفارقات في جمعة المطار“. www.okaz.com.sa (2009-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 31-mart.
- ↑ „Al-jazirah“. www.al-jazirah.com. Qaraldi: 2024-yil 31-mart.
- ↑ Schmertz, Mildred F. (March 1984). "The King Khaled International Airport Riyadh, Saudi Arabia". Architectural Record: 112–125.
- ↑ Middle East Economic Digest. Middle East Economic Digest Limited, 1983.
- ↑ Sinclair, Susan. Bibliography of Art and Architecture in the Islamic World: Supplements to the Index Islamicus. Brill, 2012. ISBN 9789004170582.
- ↑ Moor, Andrew. Le vitrail dans l'architecture contemporaine (fr). Italy: Éditions Herscher, 1990 — 44; 77-bet. ISBN 2-7335-0183-6.
- ↑ „أسئلة التصنيف“. www.kkia.sa. Qaraldi: 2024-yil 31-mart.