Kontent qismiga oʻtish

Qirgʻiziston — Amerika Qoʻshma Shtatlari munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qirgʻiziston — Amerika Qoʻshma Shtatlari munosabatlari

AQSh

Qirgʻiziston

Qirgʻiziston — Amerika Qoʻshma Shtatlari munosabatlari — Qirgʻiziston va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar. Ikkala davlat ham BMTga aʼzo.

Ikki mamlakat oʻrtasida 1991-yilda diplomatik munosabatlar oʻrnatilgan boʻlib, shundan buyon mustahkam sheriklik rivojlanib kelmoqda. Qoʻshma Shtatlar Qirgʻizistonni qonun ustuvorligi va inson huquqlariga hurmatga asoslangan demokratik jamiyatni rivojlantirishda qoʻllab-quvvatlaydi. Afgʻonistondagi NATO koalitsiyasi uchun muhim logistika markazi boʻlgan Manas xalqaro aeroportidagi tranzit markazi Qirgʻizistonda joylashgan[1].

2012-yilgi AQShning global hisobotiga koʻra, qirgʻizlarning 34 foizi AQSh rahbariyatini maʼqullagan 43 foizi norozi va 23 foizi aniq jabvobi yoʻqligini bildirgan[2].

AQShning yordami Qirgʻiziston Respublikasiga zarur iqtisodiy, sogʻliqni saqlash va taʼlim sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda yordam beradi va Fargʻona vodiysida iqtisodiy rivojlanish va nizolarni hal qilishni qoʻllab-quvvatlaydi[3][4].

  1. „Kyrgyzstan Ends U.S. Cooperation Agreement Amid Human Rights Dispute“. Radio Free Europe/Radio Liberty (21-iyul 2015-yil). Qaraldi: 2-noyabr 2015-yil.
  2. U.S. Global Leadership Project Report - 2012 Gallup
  3. Solovyov, Dmitry. „Kyrgyzstan cancels cooperation treaty with United States“. Reuters (21-iyul 2015-yil). 2015-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-noyabr 2015-yil.
  4. Clark, Dave. „US smooths Kyrgyzstan ties after rights row“. Yahoo! News. Agence France-Presse (31-oktabr 2015-yil). Qaraldi: 2-noyabr 2015-yil.