Kontent qismiga oʻtish

Qassoblik jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Qassoblik jome masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Vobkent tumani
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi hoji ota Karomatov
Asosiy sana:
Soʻngi imom Nodir Hakimov
Maqomi Faoliyat ko'rsatmoqda
Bino maydoni 4065 m³
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Gumbaz balandligi 22
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2
Minoralar balandligi 26 m
Qurilish materiali Pishiq g'isht

Qassoblik jome masjidi — Buxoro viloyati Vobkent tumanida joylashgan masjid. Masjid imom-xatibi — Abduvohid Jabborov[1].

Qassoblik jome masjidining eski avvalgi binosi vobkentlik hoji ota Karomatov homiyligida 1905-yilda barpo etilgan. Sovetlar davrida nurab qolgan masjid 1993-yili „Doʻstlik“ MFY Doʻstlik koʻcha 34-uyda hashar yoʻli orqali koʻchirilib keltirilib qayta bino qilingan. Masjid binosi kichkina boʻlib, atigi 50-60 nafar namozxonlarni sigʻdira olgan. Yoshi ulugʻlarning aytishicha juma hamda ikki hayit namoziga keladigan namozxonlarning koʻpchiligi yozning jazirama issiq kunlarida oftobda, qishning sovuq kunlarida qor yomgʻirda koʻchada qolgan. Bu holat anchayin noqulayliklarni keltirib chiqargan. Masjid tahoratxonasi ham talabga javob bermaydigan va koʻp sonli aholi toʻplanishiga moʻljallanmagan bino boʻlgan. Masjid qurishda ishlatilgan yogʻoch materiallari xizmat vazifasini oʻtab, jismonan eskirgani uchun xonaqoh ichida namoz oʻqish kishi hayoti uchun xavfli boʻlib qoladi. Masjidning binosi maʼnan va jismonan eskirib, foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qolgani tufayli, masjidni buzib, zamon talabidagi baland gumbazli, minora va barcha qulayliklari bor tahoratxonali, shuningdek, atrofida boshqa yordamchi binolar toʻldirib turiliadigan qilib barpo qilish maqsadga muvofiq deb topildi. Vobkent tumani hokimining 2018-yilning 6-martida qabul qilingan 41-sonli farmoniga asosan masjidni buzilib, oʻrnidan qayta yangidan zamonaviy hamda hamma qulayliklarga ega masjid quriladigan boʻldi. Masjidning isitish va sovitish tizimi, qurilish uchun loyiha hujjatlari hozirlandi va Oʻzbekiston musulmonlar idorasiga taqdim etildi. Idoradan tegishli ruxsatnomalar olindi hamda homiylar yordamida eski masjid binosini buzib zamon talablari asosida yangi inshoot qurishga kelishildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi „Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi“ 120-son qaroriga muvofiq masjidlarning eski binolarini rekontruksiya qilish boʻyicha „Yoʻl xaritasi“ga asosan masjid eski binosini buzish ishlari 2019-yilning 18-iyunidan boshlandi va 28-iyulda nihoyasiga yetdi. Vobkent tuman hokimining 2019-yil 26-iyundagi 7050-sonli qaroriga muvofiq Doʻstlik koʻchasi hududidan yangi masjidni homiylik yoʻli bilan qurish maqsadida (2340 kv. metr) yer uchastka ajratildi va hamma meʼyoriy hujjatlar tayyorlanib hajmi 4065 m³ boʻlgan 1200 kishilik namozxonlar sigʻimidagi yangi masjidning qurilish montaj ishlari oʻsha yilning 3-sentabridan boshlab yuborildi. Loyihada aks etgan 22 metrli gumbaz, 26 metrli minora, 26 oʻrinli erkaklar va 4 oʻrinli ayollar tahoratxonalari, maʼmuriyatxonalari, ombor, ayvon ham qurib bitkazildi[2].