Foziltepa
Foziltepa (Qangʻli qoʻrgʻoni) — ilk oʻrta asrlarga oid arxeologik yodgorlik (V asr oxiri — XII-asr). Toshkentning janubi gʻarbida, Izzasoy vodiysida joylashgan. Yodgorlik oʻz vaqtida qangʻlilarning kuzatuv joyi boʻlgan, degan taxminlar bor. Aslida ilk oʻrta asrlardagi badavlat dehqon qasrkoʻshki xarobasi. Ya.Gʻ.Gʻulomov rahbarligidagi Toshkent arxeologiya otryadi tomonidan tekshirilgan (1967—68). F.ning saqlanib krlgan bal. 20 m ga yaqin, uning shimoli-sharqida qishloq boʻlib, uning izlari 250 m gacha masofada qayd etilgan. Tepalik maydoni 41×35 m.
F.da oʻtkazilgan stratigrafik tadqiqotlar ilk oʻrta asrlarda hayot 2 bosqichda davom etganligini kursatdi: 1) xoʻjalik chiqindilari toʻplangan qatlam va paxsa devor qurilgan davri (5-asr oxiri — 7-asrboshi); 2) paxsa supa ustiga qurilgan mustahkam bino (qasrkushk) mavjud boʻlgan davr (VII asrning 2 yarmi — VIII asr). Foziltepada yashagan ilk odamlar soʻnggi Qovunchi madaniyatiga mansub boʻlganlari, shubhasiz. Foziltepa etagida olib borilgan qazishmalar natijasida tepalik atrofida paydo boʻlgan qishloqning yoshi aniqlangan. Tadqiqotlarga koʻra, qishloq nisbatan tekis yerda (har 2 yerdagi materik qatlam orasidagi farq 0,3 m dan oshmaydi) vujudga kelgan. Qishloq ancha katta hududni qamrab olgan, VI-asrning 2 yarmida uning xarobalarining bir qismida qasr yoki ark binosi bunyod etilgan. Foziltepadan sirlanmagan sopol idishlar: xumlar, xumchalar, dastali koʻzalar, kichik koʻzachalar (VI—VII-asr) topilgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Drevniy Tashkent, T., 1973.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |