Qalqontumshuq ilonlar
Qiyofa
Qalqontumshuq ilonlar, boʻshilonlar — shaqildoq ilonlar oilasiga mansub ilonlar urugʻi. Uz. 1,6 m gacha. Rangi ola, boshining oldingi uchidagi ayrim qalqonlari kengaygan (nomi shundan). 14 turi (jumladan, 10 tasi Osiyoda, qolganlari Shim. va Markaziy Amerikada) tarqalgan. Oʻzbekistonda oddiy Qalqontumshuq ilonlar (boʻshilon), asosan, togʻ oldi va togʻli hududlarda uchraydi. Baqalar, kemiruvchilar, kaltakesaklar, umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Tuxumdan 2 dan 12 tagacha bola tugʻadi. Zaharli, chaqqanda ogʻriq paydo boʻladi. Zaharidan tibbiyotda foydalaniladi. Ayrim mamlakatlarda Qalqontumshuq ilonlar isteʼmol qilinadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |