Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar
„Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ (asl nomi „Alosor al boqiya an alqurun alholiya“) – xorazmlik olim, mutaffakir Abu Rayhon Beruniyning ensiklopedik asari. Ushbu asarni Abu Rahon Beruniy 27 yoshida Xorazmda yozib tugatgan[1].
Asarda Oʻrta Osiyo xalqlari, xorazmliklar, soʻgdliklar, yahudiy, yunon va boshqalar xalqlarning yil hisoblari, hayitlari, mashhur kunlari, ijtimoiy, madaniy va ilmiy hayotining tarixi, urf-odatlari, dunyoqarashlari hamda Oʻrta Osiyoning arablar tomonidan istilo qilinishi haqida toʻliq maʼlumotlar berilgan.
Asarda Biruniy Xorazmning turkiy aholisi foydalangan yillarning turkiy nomlarini beradi (sichqon, od, bars, tushqon, lyu, ilon, yun, kuy, pichin, tagiru, tunguz). Xuddi shu asarida u oy nomlarini turkchada beradi: ulugʻ-oy, kichik-oy, birinchi-oy, ikkinchi-oy, uchinchi-oy, toʻrtinchi-oy, beshinchi-oy, oltinchi-oy, yetinchi-oy, sakkizinchi-oy, tokkuzinchi-oy, uninchi-oy.[2]
Unda olimning tabiiy fanlarning turli sohalariga, jumladan, astronomiya, matematika, fizika, xaritagrafiya va boshqalar fanlarga oid kashfiyotlari oʻz ifodasini topgan.
Asar Yevropada XIX asrning 2-yarmida maʼlum boʻlgan. Nemis sharqshunosi E.Zaxau 1876—78 yillarda asarning arabcha matnini, 1879-yilda ingliz tilidagi tarjimasini („Sharq xalqlarining tarixi“ nomi bilan) nashr ettirgan. Koʻpincha ilmiy adabiyotda „Xronologiya“ deb ham ataladigan boʻlgan. Eronlik olim Sayrafiy 1943-yilda Tehronda fors tilida chiqargan. Asarning ruscha tarjimasi 1957-yilda,[1] oʻzbekcha tarjimasi 1968-yilda Toshkentda Beruniy „Tanlangan asarlari“ turkumida (1 jild) Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tomonidan nashr qilingan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Abu Reykhan Biruni Pamyatniki minuvshikh pokoleniy / Per. i prim. M. A. Sal’ye, Izbrannyye proizvedeniya, Tom I, Tashkent, „FAN“, 1957
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |