Kontent qismiga oʻtish

QWERTY

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

QWERTY – bu lotin tilidagi alifbo harflaridan tashkil topgan klaviaturadagi harflarning tartibi.

QWERTY tartibidagi klaviatura

Bu nom klaviaturaning yuqori chap tarafidagi dastlabki oltita harf qatoridan kelib chiqgan.

QWERTY klaviaturasi Sholes & Glidden yozuv mashinkasining klaviatura dizayniga asoslangan va 1873-yilda E.Remington tomonidan sotib olingan. Bu turdagi klaviatura dizayni 1878-yildan boshlab mashhur boʻlib ketdi.

QWERTY dizaynidagi noutbukning kompyuter klaviaturasi

QWERTY dizayni Viskonsin shtatining Kenosha shahrida gazeta muharriri boʻlib ishlaydigan Christopher Latham Sholes tomonidan ishlab chiqilgan. 1867-yilda Sholes doʻstlari Carlos Glidden va Samuel W.Soule yordamida dastlabki yozuv mashinkasi klaviaturasi dizayniga patent oladi.

Tugmalarni ustma-ust joylashtirish uchun dioganal ustunlardan foydalanilgan.

Sholes tomonidan yaratilgan birinchi yozuv mashinkasining dizayni quyidagi ikki qatorli alifbo tartibida joylashtirilgan[1]:

- 3 5 7 9 N O P Q R S T U V W X Y Z
2 4 6 8 . A B C D E F G H I J K L M

Keyingi besh yil davomida Sholes oʻz ixtirosini takomillashtirish ustida ishladi va dastlabki koʻrinishini anchagina yaxshi holatga keltirdi. Bu ixtiroga bevosita James Densmore homiylik qiladi va uning ukasi oʻqituvchi Amos Densmore oʻzining bigram(harf-belgi juftligi) ustidagi olib borayotgan tadqiqotlari orqali ixtiroga oʻzining hissasini qoʻshgan degan taxminlar mavjud. Boshqalar esa, bu tartib telegraf operatorlarining dizayn haqidagi bildirgan munosabatlari sabab boʻlgan deb oʻylashadi[2]. 1868-yil noyabrda Sholes dastlabki dizayndagi ikki qatorli tartibning oʻrniga uch qatorli tartibni qoʻllaydi. 1870-yil aprel oyida Sholes hozirgi dizaynga anchagina yaqin boʻlgan toʻrt qatorli tartibni yaratdi. Qator quyidagicha koʻrinishga ega boʻlgan:

2 3 4 5 6 7 8 9 -
A E I . ? Y U O ,
B C D F G H J K L M
Z X W V T S R Q P N

1873-yilda Sholesning homiysi James Densmore Sholes & Gliden yozuv mashinkasining ixtiro patentini E.Remingtonga sotadi. Klaviatura dizayniga Remingtonning mexaniklari tomonidan bir necha oy davomida yangi oʻzgartirishlar kiritiladi va ommaga taqdim etiladi[3]. Oʻzgarishlardan soʻng klaviatura dizayni quyidagicha koʻrinishga ega boʻladi:

2 3 4 5 6 7 8 9 - ,
Q W E . T Y I U O P
Z S D F G H J K L M
A X & C V B N ? ; R

Zamonaviy klaviatura dizayni esa quyidagicha koʻrinishga ega:

1 2 3 4 5 6 7 8 9 0 - =
Q W E R T Y U I O P [ ] \
A S D F G H J K L ; '
Z X C V B N M , . /

QWERTY dizayni 1878-yilda Remington tomonidan sotib olingandan soʻng ommalashib ketadi, bunga sabab esa, A tugmachasining yonidagi harflarni katta yoki kichik harfga oʻzgartiruvchi (Shift) belgisining qoʻllanilgani edi. Bu dizaynning mashhur boʻlishiga yana bir sabab, QWERTY klaviaturasidagi tez-tez ishlatiladigan harflarning kombinatsiyasini bir-biridan uzoqroq joylashtirish orqali ichki toʻqnashuv ehtimolini kamaytirganligi deb qaraladi[4].

Hozirgi va eski dizayn oʻrtasidagi tafovut

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Christopher Latham Sholesning 1878-yildagi QWERTY klaviatura joylashuvi

Sholesning 1878-yildagi patentida tasvirlangan QWERTY dizayni hozirgi tartibdan biroz farq qiladi, agarda 0 va 1 raqamlari boʻlmagan taqdirda, qolgan raqamlarning joylashuvi hozirgi dizayn bilan deyarli bir xil. Bundan tashqari M va N harflarining joylashuvi ham hozirgi dizayndan biroz farq qiladi[5]. Dizaynni soddalashtirish va ishlab chiqarish, texnik xizmat koʻrsatish xarajatlarni kamaytirish maqsadida 0 va 1 raqamlari qoʻyilmaydi. Chunki, 1 raqamini I harfi, 0 raqamini esa O harfi orqali yozish ham mumkin boʻlgan[6]. Yozuv mashinkalari tarixida 0 raqami 1970-yillardan boshlab klaviaturaga qoʻyila boshlagan[7].

Yozish paytida qoʻllarni almashtirish klaviaturada ishlashning muhim amallaridan biri hisoblanadi. Bir qoʻl harfni terayotgan boʻlsa, ikkinchi qoʻl keyingi harfni yozishga tayyorlanishiga imkon boʻladi, bu esa jarayonni samaraliroq qiladi. QWERTY tartibida oʻng qoʻldan koʻra chap qoʻldan foydalanib koʻproq soʻzlarni yozish mumkin. Aslida, minglab inglizcha soʻzlarni faqat chap qoʻl bilan yozish mumkin, faqat oʻng qoʻldan foydalanib bir necha yuz soʻzni kiritish mumkin[8]. Ingliz tilida tez-tez uchraydigan uchta harf E T A, chap qoʻl bilan yoziladi. Bundan tashqari chap qoʻl bilan koʻplab belgilarni ham kiritish mumkin. Bu chap qoʻl bilan ishlaydiganlar uchun qulay, lekin oʻng qoʻldan koʻproq foydalanadiganlar uchun bir qancha noqulayliklar paydo qiladi. Koʻpchilik tadqiqotchilarning fikricha QWERTY dizayni yozishni sekinlashtirish uchun moʻljallangan deb oʻylashadilar[9], aslida esa bu dizayn yozishni tezlashtirish uchun shunday ishlab chiqilgan. Bundan tashqari harflarni bir-biridan uzoqlashtirish tufayli terish tezligi oshadi, chunki bu tartibda ikki qoʻlga ham teng vazifa tushadi[10][11].

Klaviaturadagi oʻzgarishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teletype kabi birinchi kompyuter kompaniyalari turli xil vazifaga ega boʻlgan belgilarni klaviaturaga kirita boshladilar, misol uchun chiqish(ESC) tugmasi kabi.

AQShda ishlatiladigan QWERTY klaviaturasini joylashtirish tartibi

Keyinchalik klaviaturaga funksional belgilar xam qoʻshildi. 1980-yilda Windows-ni standartlashtirgandan soʻng oʻngdagi rasmdagi kabi tartibda klaviatura ishlab chiqariladigan boʻldi. Ushbu tartibda oʻngda alohida raqamli klaviatura, yuqori qismda 12 ta funksional belgi, markazda Insert, Delete, Home, End, Page Up va Page Down tugmalari, uning pastida esa T shaklidagi kursor oʻqlari mavjud[12].

Alternativlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻp yillar davomida QWERTY-ga alternativ bir nechta klaviatura dizaynlari ishlab chiqilgan boʻlib, ularning dizaynerlari va klaviatura foydalanuvchilari buni yanada samaraliroq deb daʼvo qilishdi[13]. Ammo baʼzi tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, baʼzi dizaynlarda harflarni tezroq terishga imkon beradi[14], biroq boshqa bir qancha tadqiqotlarda bu oʻz isobtini topmadi. Bundan tashqari boshqa dizaynlarda ustida oʻtkazilgan koʻplab sinovlar August Dvorak tadqiqotlari kabi soxtalashtirilgani maʼlum boʻldi. Iqtisodchi Stan Liebowitz va Stiven Margolislarning fikricha, tadqiqotlarning samaraliroq boʻlishidan qatʼiy nazar bu tadqiqotlar befoyda edi[15].

Bunday alternativ dizaynlardan faqat Dvorak klaviaturasi taniqliroq, boshqa alternativ Kolemak esa qisman QWERTY-ga asoslangan va baʼzi tadqiqotchilar buni QWERTY-dan koʻra oʻrganish osonroq deb oʻylashadi[16]. Koʻpgina zamonaviy kopmyuter operatsion tizimlari ushbu va boshqa alternativlarni maxsus rejim sozlamalari orqali qoʻllab quvvatlaydi.

Mobil telefonlar uchun QWERTY klaviturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nokia E55 uchun QWERTY klaviaturasi.

Mobil telefonlarda QWERTY klaviaturasining kombinatsiyasi bitta tugmaga ikkita harf biriktirilishi orqali qoʻllanadi. Bunda „Q“ va „W“ harfi bir tugmaga biriktirilgan boʻladi va foydalanuvchi „Q“ ni kiritishi uchun bir marta „W“ ni yozish uchun esa ikki marta tugmani bosishi kerak. Bu uslubda tugmalar soni kamayashi bilan birga ularning joyi ham kamayadi. Bu mobil telefonlar uchun foydalidir[17].

Foydalanilgan adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]