Kontent qismiga oʻtish

Priscilla Cooper Tyler

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Priscilla Cooper Tyler
AQShning birinchi xonimi vazifasini bajaruvchi
Mansab davri
1842-yil 10-sentyabr – 1844-yil 26-iyun
Prezident John Tyler
Oʻtmishdoshi Letitia Tyler
Vorisi Julia Tyler
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Elizabeth Priscilla Cooper

14-iyun 1816-yil
Nyu-York, AQSh
Vafoti 29-dekabr 1889-yil(1889-12-29)
(73 yoshda)
Montgomery (Alabama), AQSh
Turmush oʻrtogʻi
Robert Tyler
(turm. 1839; vaf. 1877)
Bolalari 9

Elizabeth Priscilla Cooper Tyler (1816-yil 14-iyun – 1889-yil 29-dekabr) 1841-yildan 1844-yilgacha Oq uyning rasmiy uy bekasi va AQShning birinchi xonimi boʻlgan. Oʻsha paytdagi prezident John Tylerning oʻgʻli Robert Tylerga bilan turmush qurgan. Qaynonasi, birinchi xonim Letitia Christianning vazifasi Elizabethga topshirilgan. 1842-yil sentyabr oyida Letitia Tyler vafotidan soʻng, Priscilla Tayler Oq Uydagi ijtimoiy ishlarni nazorat qiluvchi birinchi xonim boʻlgan.

Tyler ilgari omadsiz aktrisa edi. Tyler bilan nikohi uni siyosiy hayotga kirib kelishiga sabab boʻlgan. U har hafta bir nechta ziyofatlar, kechki ovqatlar va boshqa tadbirlarni boshqargan. Tyler prezident qayta turmush qurishga tayyorlanayotgan paytda Oq uyni tark etgan va Filadelfiyaga joylashgan. Amerika fuqarolik urushi davrida Amerika Konfederativ shtatlari tarafida boʻlgan Tyler va uning eri AQShning janubiga koʻchib oʻtishdi. Tyler 1889-yilda vafot etgunga qadar Alabama shtatining Montgomeri shahrida yashagan.

Elizabeth Priscilla Cooper 1816-yil 14-iyun kuni Nyu-York shahrida tugʻilgan. Elizabeth oilada toʻqqiz farzandning uchinchisi edi[1]. Uning otasi Thomas Abthorpe Cooper muvaffaqiyatli aktyor va prodyuser boʻlgan. Onasi Mary Fairlie Cooper Nyu-Yorklik sotsialist edi. Uning ota-onasi turli xil ijtimoiy tabaqalardan edi, bu nikoh onasining oilasi tomonidan koʻplab noroziliklarga sabab boʻldi[1].  Cooperning onasi tomonidan bobosi James Fairlie Amerika inqilobiy urushi faxriysi edi[2].

Cooperning onasi 1833-yilda vafot etdi va otasining koʻp masalalarda pul bilan muomala qilishi, ayniqsa uning qimor oʻyinlari oila uchun moliyaviy muammolarni keltirib chiqardi[3][4]. 17 yoshida otasi bilan birga Virjiniusga koʻchib oʻtganida aktrisa sifatida ilk faoliyatini boshladi[5].  U 1835-yildan 1838-yilgacha otasi bilan birga ishlagan[6].

Virjiniya shtatining Richmond shahrida namoyish etilgan "Otello" spektaklida Dezdemona rolini ijro etganida, boy plantatsiya egasining toʻngʻich oʻgʻli Robert Tyler va sobiq AQSh senatori John Tyler bilan tanishdi[7][8].  Cooper spektakldan soʻng Tyler bilan uchrashish uchun sahna orqasiga kirganida, ular bir-birini yoqtirib qolishdi. 19-asrda Amerikada aktrisalarning ijtimoiy mavqei unchalik katta emas edi, shu sababli unda moliyaviy muammolari yetarlicha edi. Shunga qaramay, Tyler unga olti marta turmush qurish taklifini bergan[9].

1839-yil 12-sentyabrda Cooper bilan Tylerning toʻyi Virjiniya shtatining Bristol shahrida boʻlib oʻtdi[10][11]. Toʻydan keyin ular Robertning oilasi bilan yashash uchun Virjiniya shtatining Williamsburg shahriga koʻchib oʻtishdi. John va Letitia Christian Tyler uni iliq kutib olishdi. Priscilla Tyler qaynotasi bilan munosabatlarini yaxshiladi. Qaynotasi hattoki unga Williamsburgdagi har bir doʻkonda hisob ochishga ruxsat berdi. Shuningdek, qaynonasi Letitia Tayler bilan ham yaqin munosabatda edi[11][12].  Bunday yaqinlikka qaramay, Tyler qaynona-qaynotasi bilan yashashni xohlamadi, bu erining oʻz karyerasini yaratishiga xalaqit berayotganidan xavotirda edi.

Priscillaning otasi Demokratik partiyaga sodiq edi, John Tyler vakili boʻlgan Whig partiyasiga keskin qarshi boʻlgan. Shu sababli, ularning nikohidan unchalik mamnun emas edi[13].  John Tyler 1840-yilda boʻlib oʻtgan saylovlarda Qoʻshma Shtatlar vitse-prezidentligiga muvaffaqiyatli nomzod boʻlgan. Prezident William Henry Harrisonning toʻsatdan vafotidan soʻng, John Tyler Qoʻshma Shtatlar Prezidenti boʻldi[14].

Oq uy bekasi sifatida faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1841-yilda John Tyler prezidentlik lavozimini egallaganida, uning rafiqasi Letitia Oq uy bekasi boʻlishga jismonan kuchi yetmas edi, shuning uchun mas’uliyat Priscilla Tylerga yuklangan[15][16]. Priscilla Oq uyda bekalik qilish imkoniyatidan xursand edi[17]. Bir necha marta Oq uyga beka boʻlganidan hayratda ekanligini bildirdi va doʻstlariga bu haqida maqtandi.

Uy bekasi sifatida Tyler Qoʻshma Shtatlarda ham, xorijda ham koʻpchilik zamondoshlari tomonidan yuqori baholangan[18][19]. U sobiq birinchi xonim Dolley Madison va Davlat kotibi Deniel Webster bilan oʻz lavozimiga yaxshiroq tayyorgarlik koʻrish uchun bir qancha vaqt birga ishladi[20][20].  Tylerning hayotidagi qiyinchiliklar uning yangi ona boʻlganligi sababli murakkablashdi. Uning birinchi farzandi Oq uyga kelishidan bir necha oy oldin tugʻilgan, oʻz faoliyati davomida ikkinchi farzandini ham dunyoga keltirgan.

  1. 1,0 1,1 Seager, Robert. And Tyler Too: A Biography of John and Julia Gardiner Tyler. McGraw-Hill, 1963. 
  2. Leahy, Christopher J. (2012). "Playing Her Greatest Role: Priscilla Cooper Tyler and the Politics of the White House Social Scene, 1841–44". The Virginia Magazine of History and Biography 120 (3): 237–269. ProQuest 1038370038. https://www.proquest.com/docview/1038370038. 
  3. Leahy, Christopher J. (2012). "Playing Her Greatest Role: Priscilla Cooper Tyler and the Politics of the White House Social Scene, 1841–44". The Virginia Magazine of History and Biography 120 (3): 237–269. ProQuest 1038370038. https://www.proquest.com/docview/1038370038. 
  4. Seager, Robert. And Tyler Too: A Biography of John and Julia Gardiner Tyler. McGraw-Hill, 1963. 
  5. Strock, Ian Randal. Ranking the First Ladies. Carrel Books, 2016 — 86-bet. ISBN 9781631440601. 
  6. Schneider, Dorothy. First Ladies: A Biographical Dictionary, 3rd, Facts on File, 2010. ISBN 978-1-4381-0815-5. 
  7. Strock, Ian Randal. Ranking the First Ladies. Carrel Books, 2016 — 86-bet. ISBN 9781631440601. 
  8. Gould, Lewis L.. American First Ladies: Their Lives and Their Legacy. Garland Publishing, 1996 — 113–115-bet. ISBN 0-8153-1479-5. 
  9. Seager, Robert. And Tyler Too: A Biography of John and Julia Gardiner Tyler. McGraw-Hill, 1963. 
  10. Seager, Robert. And Tyler Too: A Biography of John and Julia Gardiner Tyler. McGraw-Hill, 1963. 
  11. 11,0 11,1 Schneider, Dorothy. First Ladies: A Biographical Dictionary, 3rd, Facts on File, 2010. ISBN 978-1-4381-0815-5. 
  12. Gould, Lewis L.. American First Ladies: Their Lives and Their Legacy. Garland Publishing, 1996 — 113–115-bet. ISBN 0-8153-1479-5. 
  13. Seager, Robert. And Tyler Too: A Biography of John and Julia Gardiner Tyler. McGraw-Hill, 1963. 
  14. Leahy, Christopher J. (2012). "Playing Her Greatest Role: Priscilla Cooper Tyler and the Politics of the White House Social Scene, 1841–44". The Virginia Magazine of History and Biography 120 (3): 237–269. ProQuest 1038370038. https://www.proquest.com/docview/1038370038. 
  15. Leahy, Christopher J. (2012). "Playing Her Greatest Role: Priscilla Cooper Tyler and the Politics of the White House Social Scene, 1841–44". The Virginia Magazine of History and Biography 120 (3): 237–269. ProQuest 1038370038. https://www.proquest.com/docview/1038370038. 
  16. Diller, Daniel C.. The Presidents, First Ladies, and Vice Presidents: White House Biographies, 1789–2001. CQ Press, 2001 — 162-bet. ISBN 978-1-56802-573-5. 
  17. Caroli, Betty Boyd. First Ladies: From Martha Washington to Michelle Obama. Oxford University Press, USA, 2010 — 47-bet. ISBN 978-0-19-539285-2. 
  18. Leahy, Christopher J. (2012). "Playing Her Greatest Role: Priscilla Cooper Tyler and the Politics of the White House Social Scene, 1841–44". The Virginia Magazine of History and Biography 120 (3): 237–269. ProQuest 1038370038. https://www.proquest.com/docview/1038370038. 
  19. Caroli, Betty Boyd. First Ladies: From Martha Washington to Michelle Obama. Oxford University Press, USA, 2010 — 47-bet. ISBN 978-0-19-539285-2. 
  20. 20,0 20,1 Schneider, Dorothy. First Ladies: A Biographical Dictionary, 3rd, Facts on File, 2010. ISBN 978-1-4381-0815-5.