Pranav Chopra
Pranaav Chopra | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Shaxsiy maʼlumoti | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Taxallus(lar)i | Jerry | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tugʻilgan paytidagi ismi | Pranaav Jerry Chopra | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Mamlakat | Hindiston | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tavalludi |
6-sentyabr 1992-yil Mullanpur Dakha, Ludhiana, Hindiston | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Yashash joyi | Haydarobod, Hindiston | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boʻyi | 1.89 m | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vazni | 82 kg | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Faoliyat yillari | 2007 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Murabbiyi | Pullela Gopichand | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Erkaklar & Aralash juftliklar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Eng yuqori reyting |
28 (EJ 24-noyabr 2016) 13 (AJ 23-mart 2017) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Joriy reyting | 33 (AJ 26-mart 2021) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Medallari va yutuqlari
|
Pranav Jerry Chopra (1992-yil 6-sentabrda tugʻilgan) — hindistonlik badmintonchi. U 2007-yilda Hindiston milliy badminton jamoasiga qoʻshilgan. 2018-yilda Queesnsland shtatining Gold Coast shahrida boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik oʻyinlarida Chopra Hindiston aralash jamoasi aʼzosi sifatida ushbu toifada oltin medalni qoʻlga kiritdi. Pranav sherigi bilan aralash juftliklar boʻyicha jahon reytingida Top 15 talikka kirgan hindistonlik ikkinchi badmintonchidir.
Bolaligi va dastlabki tayyorgarligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pranav 7 yoshida mashgʻulotlarni boshlagan. 13 yoshgacha boʻlgan va 19 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi juftlik bahslarida ikki marta mamlakat chempioni boʻldi. 19 yoshgachalar darajasida u bir yil ichida rekord darajadagi toʻqqizta chempionlikni qoʻlga kiritdi. U shaharda boʻlgan payti Shastri zalidagi Badminton Akademiyasida, Ludhianada mashq qilgan. Pranav South Cityda yashagan va keyinchalik Haydaroboddagi Gopichand Badminton Akademiyasiga qoʻshilgan. U kuniga sakkiz soat mashq qiladi va yakkalik oʻrniga juftlik hamda aralash juftlik oʻyinlarida oʻynashni yaxshi koʻradi. Pranavga Pullela Gopichand murabbiylik qilgan. U bir nechta milliy reyting turnirlarida medallarni qoʻlga kiritgan. Puna shahrida boʻlib oʻtgan Yoshlar Hamdoʻstligi oʻyinlarida Pranav bronza, Eronning Tehron shahrida boʻlib oʻtgan „Fajr Senior International Challenge Cup“ va Mumbay shahrida boʻlib oʻtgan Tata xalqaro musobaqasi hamda Shveysariyaning Bern shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritdi. Shveysariya xalqaro musobaqasida u kumush medalga sazovor boʻldi[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007-yilda Pranav Tailandning Bandang shahrida oʻtkazilgan Milo Junior turnirida ilk xalqaro debyutini qildi[2].
2008-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pranav 2008-yilda Puna shahridagi Balewadi sport majmuasida oʻtkazilgan Yoshlar Hamdoʻstlik oʻyinlarining oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi juftlik bahslarida B.Sai Praneeth bilan hamkorlikda bronza medalini qoʻlga kiritdi[3].
2010-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yilda Pranav milliy oʻyinlarda aralash juftliklar boʻyicha mamlakat chempioni boʻldi.
2011-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilda Bern, Shveysariyada oʻtkazilgan Shveysariya xalqaro musobaqasida Pranav erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida kumush medalga sazovor boʻldi.
2013-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yilda Pranav milliy oʻyinlarda erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida mamlakat chempioni boʻldi.
2014-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pranav 2014-yilgi Osiyo oʻyinlarida va 2014-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida aralash jamoaviy toifasidagi bronza medali uchun oʻyinda ishtirok etdi. Hindiston aralash jamoasini 2:3 hisobida Singapur aralash jamoasi magʻlubiyatga uchratdi va natijada Hindiston aralash jamoasi bronza medalidan mahrum boʻldi[4].
2016-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilda Pranav oʻzining aralash juftliklar boʻyicha hamkori N.Sikki Reddi bilan Braziliya ochiq va Rossiya ochiq musobaqalarida ikkita Grand Prini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili u oʻzining oʻyindagi sherigi va hind badmintonchisi Pradnya Gadrega uylandi[5].
2018-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]Queenslandning Gold Coast shahrida boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik oʻyinlarida Pranav oʻzining aralash juftlik sherigi Gadde Ruthvika Shivani bilan juftlikda Sachin Dias va Thilini Pramodika Hendahewa boshchiligidagi Shri-Lanka aralash juftlik jamoasini 21:15, 19:21, 22:20 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Hindiston aralash jamoasi oltin medal uchun kurashda peshqadamga aylandi. Nihoyat, Hindiston aralash jamoasi barcha beshta oʻyinda Shri-Lanka aralash jamoasini 5:0 hisobida magʻlub etdi va shu tariqa Pranav Hindiston aralash jamoasi aʼzosi sifatida ushbu toifadagi oltin medalni qoʻlga kiritdi[6].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Janubiy Osiyo oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erkaklar juftliklari
Yil | Joy | Hamkor | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|---|
2016 | SAI-SAG markazining koʻp maqsadli zali, Shillong, Hindiston |
Akshay Devalkar | Manu Attri B. Sumit Reddi |
18-21, 17-21 | Kumush |
Aralash juftliklar
Yil | Joy | Hamkor | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|---|
2016 | SAI-SAG markazining koʻp maqsadli zali, Shillong, Hindiston |
N. Sikki Reddi | Manu Attri Ashwini Ponappa |
30-29, 21-17 | Oltin |
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aralash juftliklar
Yil | Joy | Hamkor | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|---|
2009 | Juara stadioni,Kuala Lumpur, Malayziya | Prajakta Sawant | Lu Kay Bao Yixin |
12-21, 15-21 | Bronza |
BWF World Tour (1 ta ikkinchi oʻrin)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yil 19-martda eʼlon qilingan va 2018-yilda amalga oshirilgan BWF World Tour[7] Badminton Butunjahon Federatsiyasi (BWF) tomonidan tasdiqlangan badminton boʻyicha bir qator elita turnirlaridan iborat. BWF World Tour olti darajaga boʻlingan, yaʼni World Tour Finals, Super 1000, Super 750, Super 500, Super 300 (HSBC World Tour qismi) va BWF Tour Super 100[8].
Aralash juftliklar
Yil | Turnir | Daraja | Hamkor | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|---|---|
2018 | Haydarobod ochiq turniri | Super 100 | N. Sikki Reddi | Akbar Bintang Cahyono Winny Oktavina Kandow |
21-15, 19-21, 23-25 | Ikkinchi oʻrin |
BWF Grand Prisi (3 ta gʻalaba, 2 ta ikkinchi oʻrin)
[tahrir | manbasini tahrirlash]BWF Grand Prisi ikki darajaga ega: BWF Grand Pri va Grand Pri Oltin. Bu 2007-yildan beri Butunjahon Badminton Federatsiyasi (BWF) tomonidan ruxsat etilgan badminton turnirlari seriyasidir.
Erkaklar juftliklari
Yil | Turnir | Hamkor | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|---|
2016 | Syed Modi xalqaro turniri | Akshay Devalkar | Goh V Shem Tan Vi Kiong |
21-14, 22-24, 8-21 | Ikkinchi oʻrin |
Aralash juftliklar
Yil | Turnir | Hamkor | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|---|
2017 | Syed Modi xalqaro turniri | N. Sikki Reddi | B. Sumit Reddi Ashwini Ponnappa |
22-20, 21-10 | Gʻolib |
2016 | Shotlandiya ochiq turniri | N. Sikki Reddi | Goh Soon Huat Shevon Jemie Lai |
21-13, 18-21, 16-21 | Ikkinchi oʻrin |
2016 | Rossiya ochiq turniri | N. Sikki Reddi | Vladimir Ivanov Valeriya Sorokina |
21-17, 21-19 | Gʻolib |
2016 | Braziliya ochiq turniri | N. Sikki Reddi | Toby Ng Rachel Honderich |
21-15, 21-16 | Gʻolib |
- BWF Grand Pri Oltin turnirlari
- BWF Grand Pri turnirlari
BWF xalqaro musobaqalari/seriyalari (3 ta gʻalaba, 2 ta ikkinchi oʻrin)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erkaklar juftliklari
Yil | Turnir | Hamkor | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|---|
2015 | Tata xalqaro Hindiston ochiq turniri | Akshay Devalkar | Wannawat Ampunsuwan Tinn Isriyanate |
14-21, 9-21 | Ikkinchi oʻrin |
2015 | Bangladesh xalqaro turniri | Akshay Devalkar | Tan Chee Tean Tan Vi Gien |
21-16, 21-16 | Gʻolib |
2011 | Tata xalqaro Hindiston ochiq turniri | Akshay Devalkar | KT Rupesh Kumar Sanave Tomas |
19-21, 21-17, 23-21 | Gʻolib |
2011 | Shveysariya xalqaro turniri | Akshay Devalkar | Lukas Moren Voytsex Shkudlarchik |
21-17, 16-21, 12-21 | Ikkinchi oʻrin |
2010 | Iran Fajr xalqaro turniri | B. Sai Praneet | Ali Shahhusayniy Muhammadrizo Xeradmandi |
21-17, 21-11 | Gʻolib |
- BWF xalqaro musobaqasi turnirlari
- BWF xalqaro seriyasi turnirlari
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Pranav Chopra: The next big thing in Indian Badminton“. www.timesofindia.indiatimes.com (6-mart 2013-yil). Qaraldi: 27-may 2018-yil.
- ↑ „Players: Pranaav Jerry Chopra“. bwfbadminton.com. Badminton World Federation. Qaraldi: 2-fevral 2017-yil.
- ↑ „India on top of world“. www.dnaindia.com. Daily News and Analysis. Qaraldi: 2-fevral 2017-yil.
- ↑ „Pranaav Chopra Biography“. results.glasgow2014.com. Glasgow 2014. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-avgust.
- ↑ „Men's Team - Entry List by Event“. Incheon 2014 official website. 11-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyul 2015-yil.
- ↑ „CWG 2018: Kidambi Srikanth, Saina Nehwal give India winning start in Mixed Team badminton at Commonwealth Games“. www.financialexpress.com (5-fevral 2018-yil). Qaraldi: 27-may 2018-yil.
- ↑ „BWF Launches New Events Structure“. Badminton World Federation (29-noyabr 2017-yil).
- ↑ „Action-Packed Season Ahead!“. Badminton World Federation (15-yanvar 2018-yil).