Kontent qismiga oʻtish

Potitsa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sloven potitsasi (sloven Slovenska potica) yoki oddiygina potica — Sloveniya oshxonasining anʼanaviy bayram taomi boʻlib, oshirma xamirningichi turli mahsulotlar bilan toʻldirilib, rulet koʻrinishida tayyorlanadi.

Bugungi kungacha potitsa haqida yetib kelgan eng dastlabki maʼlumotlar voiz Primoz Trubarning 1575 va 1577-yillarda nashr etilgan[1] asarlaridir.

"Potitsa" nomi aniq slovencha kelib chiqishi va etimologik jihatdan „povititsa“, „povtitsa“, „potvitsa“ (rus tiliga soʻzma-soʻz tarjima qilingan — „jingalak“ pirog[2]) kabi oldingi sloven shakllaridan rivojlangan. „Sloven potitsa“ atamasi ildiz otib, 19-asrning ikkinchi yarmidan beri qoʻllanila boshlandi.

Tayyorlash jarayoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sloveniya potitsasi yupqa qilib yoyilgan oshirma xamiridan tayyorlanadi, u koʻpincha maydalangan yongʻoqlar qiyma vazifasini bajaradi. Eng xarakterli qiyma turlariga tarragon, tvorog, funduk, qovoq va mak urugʻlari, asal, mayiz kiradi.Choʻchqa yogʻi yoki bekon kabi goʻshtli mahsulotlar solib ham pishiriladi[3].

Sloveniya potitsasi — bu duxovka yoki toʻgʻridan-toʻgʻri ochiq olovda tayyorlanadigan bayramona pishiriq. Ammo asl sloven potitsasi halqa shaklida boʻlib, „potichnik“ (sloven) deb nomlangan oʻrtada konussimon shaklga ega maxsus qolipda (keramika, shisha yoki poʻlatdan) pishiriladi

Potica Sloveniyada har Pasxa va Rojdestvo bayramlarida tayyorlanadi Hatto AQShning baʼzi qismlarida ham juda mashhur[4].

Himoyalanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sloveniya Poticasi 2021-yil aprel oyidan boshlab Yevropa Ittifoqida anʼanaviy xususiyatlar bilan kafolatgan (TSG) mahsuloti sifatida himoyalangan[5][6].

  1. „Slovenska potica končno zaščitena v Evropski uniji“ (sl). Zveza potrošnikov Slovenije (2021-yil 30-aprel). Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  2. „Потица – царица словенского праздничного стола!“ (ru). I Feel Slovenia. Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  3. „Potica“ (sl). Naša super hrana (2022-yil 11-aprel). Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  4. Carmen Fishwick. „Is it pizza? No, it's potica: the pope gives Melania Trump food for thought“ (en). The Guardian (2017-yil 24-may). Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  5. „Slovenska potica“ (en). European Union. Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  6. „European Commission protects Slovenska potica“ (sl). gov.si (2021-yil 22-aprel). Qaraldi: 2022-yil 9-may.