Polimetall rudalar
Polimetall rudalar (poli... va metall) — qoʻrgʻoshin, pyx, mis va ku-mush sulfidlaridan iborat kompleks rudalar. Qaysi metallning kupozligiga qarab qurgʻoshin-ruxli, kumushqoʻrgʻoshinli rudalar deb ataladi. Polimetall rudalar endogen sharoitda gidrotermal eritmalarning kristallanishidan hosil buladi. Polimetall rudalar slanets, gneys, ohaktosh, tuf-slanets, granitoidlar orasida joylashib, turli kattalikdagi qatlamlar, tomirlar, shtok, rudali ustunlar va boshqa shakllarda buladi. Polimetall rudalar tarkibiga pirit, sfalerit, xalkopirit, galenit, baʼzan kumush, vismut va boshqalarning sulfidlari kiradi. Atmosferadagi havo va namlikning taʼsirida baʼzan birlamchi (sulfid) Polimetall rudalar ikkilamchi (oksidlangan) Polimetall rudalarga utishi mumkin. Bunday rudalarga serussit, anglezit, piromorfit, smitsonit, kalamin va boshqa minerallar kiradi. Oʻzbekistonda Polimetall rudalar konlari Chatqol, Qrramozor, Qurama togʻlarida, mamlakatning gʻarbiy va jan. qismida (Xondiza polimetall ruda koni) joylashgan. Shuningdek, RF (Ural, Oltoy), Qirgʻiziston, AQSH, Kanada, Avstraliya, Peru, Yaponiya, GFR, Ispaniyada Polimetall rudalar konlari bor. Polimetall rudalar qoʻrgʻoshin, pyx, mis, kumush va boshqa me-tallar olish uchun asosiy manba hisoblanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |