Plastinkalilar
Qiyofa
Plastinkalilar (Placozoa) -umurtqasiz hayvonlar tipi. 1971 yilda aniqlangan. Uz. bir necha mm, dengiz tubida yashaydi. Gavdasi juda yupqa plastinkasimon, shakli oʻzgaruvchan, oldingi yoki keyingi qutblari, haqiqiy toʻqima va organlari boʻlmaydi. Qorin va orqa tomonidagi hujayralari birbiridan farq qiladi. Parenximasida duksimon qisqaruvchi hujayralari bor. Tuxum hujayrasi parenximada yetiladi. Jinssiz boʻlinish va kurtaklanish hamda jinsiy koʻpayadi. Tuxumi toʻliq va tekis boʻlinadi. 2 urugʻi: trixoplakslar va treploplakslar maʼlum.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |