Pfalzdagi dehqonlar qo‘zg‘oloni
Pfalzdagi dehqonlar qoʻzgʻoloni (nemischa: Pfälzischer Bauernkrieg ) — Oʻrta va Yuqori Reyn mintaqasidagi nemis dehqonlari urushining bir bosqichi. Kurpfals va uning atrofidagi qoʻzgʻolon 1525-yil apreldan iyungacha davom etdi.
Qoʻzgʻolon tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gʻarbiy Reyndagi Pfalzda nemis dehqonlari urushining boshlanishi 1525-yil 23-aprelda Landau yaqinidagi Nusdorfda „Haufe“ deb nomlangan bir guruh dehqonlarning yigʻilishi bilan boshlandi. Dastlab, Pfalz dehqonlari yaqin atrofdagi bir qancha monastirlarni (jumladan, Zeyskam va Xyordt yaqinidagi Haymbaxdagi Avliyo Ioann ordeni monastiri) va qalʼalarni talon-toroj qilishdi. Soʻngra, 6-may kuni Neustadt shahrini jangsiz egallab oldi. Dehqon guruhlarining maqsadi Memmingenda tuzilgan va 25000 nusxada chop etilgan „Oʻn ikki maqola“ ga asoslangan edi. Dehqonlarning ikkinchi „Haufe“ guruhi Bokkenxaym yaqinida tuzildi. Natijada Pfalzdagi imperator knyazi Lyudvig V Geyveyler va Bokenxaymning isyonkor dehqonlari guruhlari bilan muzokaralar olib borishga majbur boʻldi. Muzokaralar 10-may kuni Forstda boshlandi. Ammo Vyurtemberg va Elzasdagi qoʻzgʻolonlar bostirilgandan soʻng, 23-mayda Lyudvig V — Trier arxiyepiskopi qoʻshinlari koʻmagida Pfeddersxaym jangida isyonchi dehqonlar guruhlarini toʻliq magʻlub etdi. Jangda 8000 ga yaqin dehqon halok boʻldi[1][2].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Миллер, Дуглас (2003). Armies of the German Peasants' War 1524-26 (Men-at-Arms)' ',
- Horst Buzello u. a. (Hrsg.): Der deutsche Bauernkrieg. Schöningh, Paderborn u. a. 1984, ISBN 3-506-99350-X, S. 90ff. (Uni-Taschenbücher — Geschichte 1275)