Peter prinsipi
Asl nomi | The Peter Principle: Why Things Always Go Wrong |
---|---|
Muallif(lar) |
Laurence J. Peter Raymond Hull |
Til | inglizcha |
Nashr etilgan sanasi | 1969 |
Nashriyot | Bantam |
Sahifalar soni | 169 |
Peter prinsipi — Laurence J. Peter tomonidan taklif etilgan va shu nomli kitobda taʼrif berilgan prinsip. Uning taʼrifi quyidagicha: "Iyerarxik tizimda har bir ishchi oʻz nokompetentlik darajasigacha koʻtariladi".
Mazmuni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Peter printsipi - bu quyidagi umumiy printsipning xususiy xolidir: har qanday yaxshi ishlovchi fikr yoki narsa tobora murakkablashib boruvchi holatlarda foydalaniladi va oxiri fojeaga olib keladi. Ko'pincha tekshirilgan va o'zini yaxshi ko'rsatgan fikr, texnologiya yoki narsadan yangi sharoitlarda foydalanish xohishi tug'iladi, garchi yangi sharoitlar bu fikr, texnologiya yoki narsadan foydalanish sohasidan chetga chiqadi. Lourents Piter ushbu printsipni odamlarni lavozimlar iyerarxiyasida ko'tarilishini asoslash va ta'rif berish uchun foydalandi.
Peter printsipiga binoan, iyerarxik tizimda ishlovchi har qanday odam o'z majburiyatlarini bajara olmaydigan darajagacha ya'ni nokompetentlik darajasigacha ko'tariladi. Ushbu daraja ishchining "nokompetentlik darajasi" deyiladi. Ishchi shu darajada tizimni tark etgunga qadar qoladi (yani ishdan bo'shaydi, vafot etadi yoki nafaqaga chiqadi).
Peter printsipi juda keng sohalar uchun talqin qilinishi mimkin, chunki ko'pgina davlat, tijorat va notijorat tashkilotlar aynan iyerarxik lavozim tizimida ishlaydi.
Asoslash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Peter printsipini ishchilarni yangi lavozimga taklif qilinishi kuzatish bilan asoslash mumkin
Nokompetentlilarning ko'tarilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yangi vakansiya paydo bo'lganda asosan u yerga hozirda o'zini ko'rsatgan va/yoki hozirda egallagan lavozimida e'tiroz bildirilmagan ishchilar taklif qilinadi. Lavozimning o'zgarishi bajariluvchi majburiyatlarni o'zgarishi bilan bog'liq. Agar ishchi bu majburiyatlarni bajarish qo'lidan kelsa u keyingi yuqori lavozimga ko'tariladi. Shu yo'l bilan u o'zini kompetent ko'rsata olgan barcha lavozimlarida ko'tarilib nixoyat uning qo'lidan kelmaydigan lavizmgacha ko'tariladi. Shu bilan birga uning iyerarhiyadagi keyingi siljishi to'xtaydi. Natijada kompetent xodimlar o'z nokompetentlik darajasigacha ko'tarilishadi.
Nokompetentlik xodimlar lavozimda pastga tushirilmaydi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi qarashda nokompetent xodimlarni o'z o'rniga qaytarish bilan barcha muammolarni xal qilish mumkindek tuyuladi; biroq, birinchidan, ularni shu lavozimga qo'ygan boshqaruvchilar uchun bu o'z hatosini bo'yniga olishga majbur etadi va demak ular uchun hohishsiz yo'l. Ikkinchidan, xodimning o'rni bu vaqtgacha band bo'ladi. Shuning uchun u o'z lavozimida qoladi. Faqat katta hatoga yo'l go'ygandagina uni ishdan bo'shatishligi yoki umuman boshqa lavozimga qo'yishadi.
Yangi lavozim taklifini qabul qilmaslik extimoli kam
[tahrir | manbasini tahrirlash]G'arbda mavjud ijtimoiy-siyosiy sharoitlarga asoslanib Piter ishchining o'z xohishi bilan lavozimni qabul qilmasligi extimoli kamligini ko'rsatadi. Bu sharoitlar doim insonni boylikka tadbirkorlikka undaydi va uni qarshilik ko'rastishiga atrofdagi odamlar ham yomon baho berishadi (masalan, oila a'zolari, do'stlari va hokazo).
Nokompetentliklarning o'sishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nokompeten xodimlar o'z lavozimlarida yana o'sishlari mumkin. Bu asosan shaxsiya aloqalar yoki egallangan lavozimni bo'shatish kerakligi tufayli ro'y beradi. Bunda Piter printsipi buzilmaydi - xodim bir nokompetent lavozimdan boshqasiga ko'chadi xolos.
Natijasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iyerarxik regres
[tahrir | manbasini tahrirlash]Piter printsipi tufayli katta iyerarhik tizimlarda degradatsiya qilish tendentsiyasi mavjud. Qanchalik ko'p nokompetent xodimlar paydo bo'lsa kompetentlik standartlari shunchalik pasayib boradi.
Nokompetentlik darajasigacha ko'tarilmagan xodimlar ishlaydi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Piter printsipini ketma-ket ishlatib barcha iyerarhik tizimlar vaqt o'tishi bilan butunlay nokompetent xodimlar bilan egallanadi degan hulosaga olib kelishi mumkin. Tizimda doim asosiy ishni bajaruvchi va o'z nokompetentlik darajasiga yetmagan ishchilar mavjud. Bundan tashqari, agar tizim katta bo'lmasa unda hamma uchun lavozimlar bo'lmasligi mumkin.
So'nggi to'xtash sindromi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Piter nokompetentlik darajasiga yetgan xodimlarga hos bo'lgan xatti harakatlar mavjudligini ta'kidlaydi va ularni "so'nggi to'xtash sindromi" deb ataydi. Bu sindromning paydo bo'lishiga sabab xodim o'zining nokompetentligini tushunadi yoki buni his qiladi. O'ziga bo'lgan ijobiy munosabatni saqlash maqsadida u tayinli ish natijasiga eriishish o'rniga ko'zga tashlanadigan biroq sayoz faoliyat bilan shug'ullana boshlaydi. Sindromning boshqa belgilari bu ishda doimo rasmiyatchilikka moyillik, byurokratik qoidalarni yaratish va ularga so'zsiz rioya etishni talab qilishdir.