Peter Pan sindromi
Peter Pan sindromi bir metafora sifatida[1], ruhan ulgʻaymaslik[1][2] va bolalik davriga bogʻlanib qolish tushunchasiga asoslangan[3]. Bu fan tomonidan tan olingan ruhiy kasallik emas[4]. Bu ibora, shuningdek, unumdorlikni oshiruvchi texnologiyalardan qochadigan va ish koʻlamini oshirmaydigan kompaniyalarga nisbatan ham ishlatilgan[5].
Bu ijtimoiy jihatdan yetilmagan katta yoshdagi odamlarni tasvirlash uchun ishlatiluvchi pop-psixologiya atamasi hisoblanadi[6]. Bu atama 1983-yilda doktor Dan Kiley tomonidan "Peter Pan sindromi: hech qachon ulgʻaymaydigan erkaklar" kitobi nashr etilgandan beri populyar sixologiyada oddiy odamlar va baʼzi psixologiya mutaxassislari tomonidan norasmiy ravishda ishlatilib kelingan. Kiley shuningdek, "Wendy dilemmasi" nomli kitob ham yozgan boʻlib, u 1984-yilda nashr etilgan[7].
Peter Pan sindromi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan kasallik sifatida tan olinmagan[8]. Bu sindrom ruhiy kasalliklar diagnostikasi va statistik qoʻllanmasida ham (DSM-5) koʻrsatilmagan[9].
Peter Pan sindromiga tegishli deb qaraluvchi xususiyatlarni oʻzida namoyon qiluvchi odamlar baʼzan Peter Panners deb ataladi. Ushbu atama va konseptsiya DSM-5 (ruhiy kasalliklar diagnostikasi va statistik qoʻllanmasida) ga oid emas, aksincha, u omma tomonidan oʻzini risoladagidek tutmaydigan insonlarni kamsituvchi soʻz tarzida qoʻllanadi. Sindrom belgilari Carl Jung tomonidan ilgari surilgan puer aeternus psixologik tushunchasiga asosan belgilangan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu konseptsiya psixoanalitik doktor Dan Kiley tomonidan birinchi marta 1983-yilda nashr etilgan "Peter Pan sindromi: hech qachon ulgʻaymaydigan erkaklar" kitobi sababli mashhur boʻlib ketdi. Uning kitobi xalqaro miqyosda eng koʻp sotilgan kitobga aylandi va koʻplab pop-psixologiya kitoblarining yozilishiga asos boʻldi. Doktor Kileyda „Peter Pan sindromi“ gʻoyasi oʻzi davolagan koʻplab muammoli oʻsmir oʻgʻil bolalar J. M. Barrie spektaklidagi mashhur qahramon singari ulgʻayish va mas’uliyatni qabul qilishda qiyinchilikka uchrayotganini payqaganidan keyin paydo boʻldi. Bu muammo ularda balogʻat yoshiga qadar davom etgan[10]. Doktor Kiley keyinchalik uning oʻzi ham oʻsmirlikda Peter Pan sindromini boshdan kechirganini tan oldi[11].
Island (1962)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kiley oʻzining 1983-yilgi kitobida bu atamani kashf qilgunga qadar, Peter Pan sindromi tushunchalari Aldous Huxleyning 1962-yilda chiqqan „Island“ romanida yaqqol koʻrinib turadi; unda qahramonlardan biri „xavfli qoidabuzarlar“ va „qudratga tashna toʻpolonchilar“ haqida gapiradi. Bu turdagi erkaklar „oʻqishni bilmaydigan, oʻrganmaydigan, hech kim bilan til topishmaydigan va bora-bora jinoyatning yanada zoʻravon shakllariga qoʻl uradigan oʻgʻil bolalar“ deb tasvirlangan edi. U bu tushunchaning arxetipi sifatida Adolf Gitler shaxsini koʻrsatadi.
Agar Peter Pan mavjud bo'lganida, u Adolf kabi maktabdagi eng odmi o'quvchi, raqobatga ham, sheriklikka ham yaramaydigan, omadi chopgan bolalarga hasad bilan qaraydigan va ularning oldida o'zini yaxshiroq his qilish uchun ularga mayda mavjudotlardek qarab, pisand qilmaslikka urinadigan bir bola bo'lar edi. Balog'atga yetish vaqti kelganida Adolf jinsiy jihatdan boshqa o'smirlardan ortda qolgandi. Boshqa o'g'il bolalar qizlarga xushomad qilishardi va qizlar ularga javob berishdi. Adolf juda uyatchan edi, o'ziga nisbatan ishonchsiz edi. Va har doim barqaror ishlashga layoqati yetmasdi, uyda qolgan vaqtlari faqat o'z orzusidagi boshqa dunyoda kezardi. U yerda, hech bo'lmaganda, u Mikelanjeloga aylanar edi. Ammo, afsuski u real dunyoda hech nima chiza olmadi. Unga berilgan iqtidor faqat nafrat, ayyorlik, o'zgarmas ovoz pardalari va Peter-Pan paranoyasi chuqurligidan to'xtovsiz gapira olish qobiliyati edi. O'ttiz yoki qirq million o'lim va jannat, qancha milliardlab dollarlar - bu kichkina Adolfning kamolotga yetishi uchun dunyo to'lashi kerak bo'lgan tovon edi. — Island (1962)
— Aldous Huxley, Island (1962)
Real hayotdan misol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Peter Pan sindromiga chalingan mashhur insonlar ham mavjud boʻlib, ularning orasida eng koʻzga koʻringani Michael Jackson hisoblanadi. Uning oʻzi ham „Men qalban Peter Panman“ deb aytgan edi[12]. Jackson 1988-yildan 2005-yilgacha yashagan Kaliforniyadagi 1,100 gektarlik Neverland Ranch[13][14] nomini ham Peter Pan yashaydigan hayoliy orol Neverland nomi bilan atagan. Uning soʻzlariga koʻra, qoʻshiqchi sanʼat olamiga oilasi bilan birga juda erta kirib kelgani sababli bolalik davrini bolalar kabi oʻtkaza olmagan. U Neverland Ranchda koʻplab bolalar haykallari, gulli soatlar, hayvonot bogʻi, kinoteatr va paxtaqand butkalari oʻrnatilgan bogʻlar, ikkita temir yoʻl, karusellar, fermuar, sakkizoyoq, qaroqchilar kemasi, Wave Svinger, Super Slide, roller coaster, kartotekalar, bamperli avtomobillar, tipi qishlogʻi va koʻngilochar arkada kabi bolalarga xos ashyo va oʻyin obyektlarini toʻplagan.
The New York Daily News gazetasining xodimi yozuvchi Carry Milago 2009-yil 26-iyunda shunday xabar bergan edi: „Jacksonning pullari bilan yillar davomida mahalliy bolalardan tortib uzoq hududlarda yashovchi kasal oʻsmirlargacha minglab maktab oʻquvchilari bogʻlarga tashrif buyurishdi. Ular buni xuddi bir tush kabi eslashadi“[15]. Neverlandga tashrif buyurgan maktabgacha taʼlim muassasasi oʻqituvchisi USA Today nashriga 2003-yilda bergan intervyusida Neverlanddan „dolchinli ruletlar, vanil va konfet hidi hamda bolalarning kulgulari taralayotgandek tuyuladi“ deb aytgan edi[15].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Fried, Risto; Vandereycken, Walter (1989). "The Peter Pan syndrome: Was James M. Barrie anorexic?" (en). International Journal of Eating Disorders 8 (3): 369–376. doi:10.1002/1098-108X(198905)8:3<369::AID-EAT2260080312>3.0.CO;2-V. ISSN 1098-108X. https://onlinelibrary.wiley.com/doi/abs/10.1002/1098-108X%28198905%298%3A3%3C369%3A%3AAID-EAT2260080312%3E3.0.CO%3B2-V.
- ↑ Kalkan, Melek; Batık, Meryem Vural; Kaya, Leyla; Turan, Merve (1 June 2021). "Peter Pan Syndrome "Men Who Don't Grow": Developing a Scale" (en). Men and Masculinities 24 (2): 245–257. doi:10.1177/1097184X19874854. ISSN 1097-184X. https://journals.sagepub.com/doi/abs/10.1177/1097184X19874854.
- ↑ Groh, Lucille Sider; Lane, Bethann (1 March 1988). "Overcoming the Peter Pan Syndrome: Grieving in Psychotherapy" (en). Journal of Pastoral Care 42 (1): 39–44. doi:10.1177/002234098804200105. ISSN 0022-3409. https://journals.sagepub.com/doi/abs/10.1177/002234098804200105.
- ↑ „Peter Pan Syndrome: Signs, Causes, and Dealing with It“ (en). Healthline (2020-yil 19-mart). Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
- ↑ Sudhir, K.; Talukdar, Debabrata (29 May 2015). "The "Peter Pan Syndrome" in Emerging Markets: The Productivity-Transparency Trade-off in IT Adoption". Marketing Science 34 (4): 500–521. doi:10.1287/mksc.2015.0921. ISSN 0732-2399. https://pubsonline.informs.org/doi/abs/10.1287/mksc.2015.0921.
- ↑ „Psychopathology: History, Diagnosis, And Empirical Foundations“ (en). www.vdoc.pub. Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
- ↑ The Wendy dilemma (en). Arbor House, 1984. ISBN 9780877956259. Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
- ↑ „Health topics“. www.who.int. Qaraldi: 2019-yil 20-noyabr.
- ↑ „Peter Pan Complex: Signs and Behaviors of the 'Eternal Boy'“ (en). www.psychcentral.com (2021-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
- ↑ Bonny Caballero. „¿Puede afectar el Síndrome de Peter Pan a la alimentación?“ (2016-yil fevral). 2022-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-oktyabr.
- ↑ Thomas, Robert McG. Jr.. „Dan Kiley, 54, Dies; Wrote 'Peter Pan Syndrome'“ (en). The New York Times (1996-yil 27-fevral). Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
- ↑ Stanley, Alessandra. „TELEVISION REVIEW; A Neverland World Of Michael Jackson“. The New York Times (2003-yil 6-fevral). Qaraldi: 2012-yil 12-sentyabr.
- ↑ „Neverland Never More“ (Wayback Machine saytida 2017-01-28 sanasida arxivlangan), by William Etling (author of Sideways in Neverland: Life in the Santa Ynez Valley), EdHat.com, 2009
- ↑ Toumi. „Jackson settles down to his new life in the Persian Gulf“. Gulf News (2006-yil 23-yanvar). 2006-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 11-noyabr.
- ↑ 15,0 15,1 Melago, Carrie - Daily News Staff Writer. „Michael Jackson's Neverland, his own 'Oz' and place to reclaim lost childhood“ (2009-yil 26-iyun). 2012-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-sentyabr.