Kontent qismiga oʻtish

Pavel Artemyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pavel Artemyev
Tavalludi 28-fevral 1983-yil (1983-02-28) (41 yosh)
Janrlar indi-rok. alternativ rok, pop-rok
Kasbi qoʻshiqchi, kompozitor, musiqachi, aktyor, klavishchi, gitarachi, bas-gitarachi
Guruhlari Korni, ARTEMIEV, Rookie Crew
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya

Pavel Artemyevich Artemyev (1983-yil 28-fevral, Olomouts, Chexoslovakiya) – rus qoʻshiqchisi, kompozitor, musiqachi, aktyor, klavishchi, gitarachi, bas-gitarachi. „ARTEMIEV“ rok guruhining qoʻshiqnavisi va prodyuseri, „Korni“ guruhining sobiq qoʻshiqchisi, shuningdek, Irina Toneva bilan „Ponimayesh“ xit qoʻshigʻini ijro etgan.

1983-yil 28-fevralda Olomouts shahrida (Chexoslovakiya[1], hozirgi Chexiya respublikasida) tugʻilgan. Onasi Galina Artemyeva (1950-yilda tugʻilgan) yozuvchi. Otasi Artyom Artemyev harbiy shifokor[2]. Oʻgay otasi pianinochi Konstantin Lifshits (1976-yilda tugʻilgan). Katta akasi Zaxar Artemyev (1978-yil 21-martda tugʻilgan) jurnalist va yozuvchi, „Rossiyskaya gazeta“da ishlagan[3]. Jiyani Luka (2005-yil 20-mayda tugʻilgan) teleboshlovchi Tutta Larsen va Zaxarning oʻgʻli. Opasi Olga Artemyeva Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, bir nechta sheʼriy toʻplamlar muallifi.

Italiyadagi Juzeppe Verdi nomidagi Milan konservatoriyasinining Komo shahridagi boʻlimida trombon sinfida oʻqigan[1]. Soʻngra Moskvaga koʻchib oʻtadi va u yerda yapon tiliga ixtisoslashgan Afrika va Osiyo mamlakatlari institutiga oʻqishga kiradi. Unda yapon tilini oʻrganish uchun ikki yil oʻqiydi.

Pavel birinchi qoʻshigʻini 13 yoshida yozgan. Model sifatida yoshlar jurnallarida suratga tushgan, Vivienne Westwood shousida ishtirok etgan, shuningdek, Zemfiraning „Trafik“ qoʻshigʻining klipida ham suratga tushgan. 2002-yilda „Fabriak Zvyozd-1“ loyihasi kastingida qatnashgan. Loyiha davomida prodyuser Igor Matviyenko „Korni“ guruhini tashkil qiaaldi, uning solistlaridan biri Artemyev boʻlgan. Fabrika guruhining boʻlajak solisti Irina Toneva bilan duetda kuylangan „Ponimayesh“ qoʻshigʻi unga mashhurlik keltirgan.

2008-yil yozida rejissyor Eduard Boyakov tomonidan suratga olingan „Dobrovoles“ filmida rol oʻynaydi, rol oʻynashini rejissiyorning oʻzi unga taklif qilgan[4]. 2009-yil mart oyida Moskva „Praktika“ teatrida „Jizn udalas“ spektakli uchun repetitsiyasida qatnashadi. Spektakl premyerasi 2009-yil may oyida boʻlib oʻtdi.

2009-yil noyabr oyida u „Rookie Crew“ (melodika va trombon chaluvchi) kaver-guruhida vokalchi sifatida chiqishni boshlaydi. Guruh bilan birgalikda „Solyanka“, „16 TONN“, „Lebedinoe ozero“ kabi klublar sahnasida chiqish qiladi. 2009-yil dekabr oyida u „Pussycat Balls“ guruhida „Rookie Crew“ superguruhi aʼzosi va DJ sifatida chiqishni boshlaydi.

2010-yil 28-fevralda Pavel „Solyanka“ klubida 21GRAMM guruhini taqdim etadi. Tez orada guruh oʻz nomini Artemievga oʻzgartiradi. Shu yozda u shartnomasi tugashi munosabati bilan Korni guruhini tark etgandi. Pavel musiqa va teatr faoliyati bilan shugʻullana boshlaydi. Oʻsha yilning iyul oyida Pavel „ARTEMIEV“ yakkaxon loyihasi doirasida ikkita „Krugami“ va „Simptom of life“ singllarini taqdim etadi.

Oʻsha yilning 20-oktyabrida „16 tonn“ klubi sahnasida Artemiev guruhining birinchi yakkaxon konserti boʻlib oʻtadi. Bu konsert yana guruhning keng jamoatchilikka tanishtiruviga ham aylandi[5].

2011-yil 29-yanvar kuni Moskva IRT teatr-studiyasida italyan dramaturgi Aldo Nikolayning „Lyubov do groba“ pyesasi asosida rejissyor V. Lezinaning „…Poka smert ne razluchit nas…“ spektaklining premyerasi boʻlib oʻtadi. Bosh rollarni Pavel Artemyev, Aleksandr Astashenko, Viktoriya Lezina oʻynashgan[6].

2011-yilda „Praktika“ teatrida Artemyev ishtirokida ikkita Natalya Moshina pyesasi asosida „Stixi pro Moskvu“ va „Jara“ spektakllarining premyerasi boʻlib oʻtdi[7][8].

2012-yil 28-fevralda „Astra, I love you“ kinoalmanaxining premyerasi boʻlib oʻtdi, filmda Pavel „Akvarel“ novellasida rassom rolini oʻynagan. 2012-yilda Moskva „Politeatri“ sahnasida „Vera Polozkova. Tanlanganlar“ sheʼriy spektaklida Vera Polozkova, Alisa Grebenshchikova va Mixail Kozirev bilan birga rol oʻynagan[9].

2013-yilda rejissyor Natalya Merkulova tomonidan suratga olingan „Intimniye mesta“ filmida sehrgar rolida suratga tushgan[1][10].

2015-yilda Pavel Los-Anjelesdagi Ivana Chabbakning aktyorlik kurslarida tahsil olgan.

2018-yilda qoʻshiqchi Yuriy Chernavskiyga bagʻishlangan „Vozvrashcheniye na Bananoviye ostrova“ konsertida ishtirok etadi[11][12][13].

2023-yil may oyida Roman Shalyapinning „Ne mogu priyexat. Svetet mindal“ spektakli premyerasi boʻlib oʻtadi. Spektakl Andrey Voznesenskiy tavalludining 90 yilligi munosabati bilan namoyish etilgan boʻlib, yosh shoirni sahnada Pavel Artemyev, uning rafiqasi rolini esa Darya Poverennova ijro etgan.

2024-yil 28-fevralda „16 Tonn“ klubida ARTEMIEV guruhi oʻz frontmenining tugʻilgan kunini nishonlaydi.

2024-yil 4-aprelda guruhning „Krasniy“ deb nomlangan toʻliq formatli albomining premyerasi boʻlib oʻtadi. Guruh „Memento“ va „Drug druga“ qoʻshiqlarini marhum gitarachi Anton Xabibulinga bagʻishlagan.

2024-yil 20-aprelda 2x2 telekanalida „Vnutrennyaya Mimperiya“ animatsion serialining premyerasi boʻlib oʻtadi, unda Pavel Artemyev bosh qahramon Pandichni ovoz beradi.

2024-yil 26-aprelda Artemiev guruhi VDNXdagi okenariumda birinchi marta chiqish qiladi.

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2007 – Perviy doma – kameo
  • 2007 – Schastlivi vmeste – kameo
  • 2007 – Dochki-materi – kameo
  • 2008 – Klub – kameo
  • 2008 – Krasota trebuyet – kameo
  • 2009 – V gostyax u skazki  – ota Ioann
  • 2009 – Dobrovoles – Skil
  • 2012 – Astra, ya lyublyu tebya – Bobrovskiy, rassom
  • 2012 – Razvod – Sasha, nashriyot xodimi
  • 2012 – Ne jenskaya igra – Feliks
  • 2013 – Rojdeniya den (k/m) – Artyom
  • 2013 – Intimniye mesta – sehrgar
  • 2013 – Lyubit ne lyubit – Seva
  • 2014 – Tatyanina noch – Pyotr, „Xrono“ guruhi musiqachisi
  • 2015 – Begushchaya ot lyubvi – Yegor Vayevich
  • 2017 – Zakon kamennix djungley – oper
  • 2017 – Vorotnichok – Anton
  • 2017 – Otel Eleon – Danila
  • 2017 – Cherti – Shayton
  • 2018 – Pod zvukom / Underneath the Sound (k/m) – Bastian
  • 2020 – Myortviye dushi – kazak Potseluev
  • 2021 – Istorik – Andrey Viktorovich Izvorin, tarixchi va rassom

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Korni guruhining tarkibida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2003 – Na veka

ARTEMIEV guruhining tarkibida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2013 – Artemiev
  • 2017 – Kanun konsa nachala
  • 2018 – Sizigiya
  • 2021 – Artemiev +
  • 2024 – Krasniy

Mini-albomlari

  • 2012 – Vidi (EP)
  • 2014 – Akme (EP)
  • 2014 – Drug (EP)
  • 2016 – Symptom Of Life (EP)
  • 2018 – Akustika na Marse (EP)

Videokliplari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Korni guruhining tarkibida

  • 2003 – „Ya teryayu korni“
  • 2003 – „Plakala beryoza“
  • 2003 – „Ti uznayesh yeyo“
  • 2004 – „S dnyom rojdeniya, Vika!“
  • 2004 – „S Novim godom, lyudi!“
  • 2005 – „25-y etaj“
  • 2005 – „Snova v shkolu“
  • 2005 – „Xochesh, ya tebe spoyu“
  • 2007 – „Yey vezyot“
  • 2009 – „Lepestok“
  • 2010 – „Ne mojet bit“

ARTEMIEV guruhining tarkibida

  • 2012 – „Mnogoetajki“
  • 2012 – „Idi svoyey dorogoy“
  • 2012 – „V ulibkax“
  • 2012 – „Vidi“
  • 2012 – „Teatr teney“
  • 2014 – „Protiv tolpi“
  • 2016 – „Za toboy prishli“
  • 2017 – „Bit“
  • 2017 – „Kolibelnaya“
  • 2017 – „Do svidaniya“
  • 2017 – „Serdse“
  • 2018 – „Na taygu“
  • 2018 – „Ya ostanus“
  • 2019 – „Dojdyami“
  • 2019 – „Skaju tebe pryamo“
  • 2019 – „Korotkiye sni“
  • 2020 – „V yantare“
  • 2021 – „Mi stanem odnim“
  • 2023 – „140“
  • 2023 – „Vremya“

ARTEMIEV guruhi aʼzolari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Pavel Artemyev vokalchi, ijrochi, muallif, gitarachi, akustikachi, bas-gitarachi, klavishchi.
  • Sergey Xashchevskiy mugxhi (moog), sintezatorchi, musiqachi.
  • Oleg Zanin barabanchi.
  1. 1,0 1,1 1,2 Андрей Захарьев. „Невероятная жизнь Павла Артемьева“ (ru). Cosmopolitan Россия. cosmo.ru (2014-yil 1-fevral). 2014-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-avgust.
  2. Pavel ARTYeMYeV. Malchik iz xoroshey semi[sayt ishlamaydi]
  3. „Захар Артемьев — Российская газета“. 2018-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-iyul.
  4. „«Я хочу заниматься театром и сниматься в кино»“ (ru). Billboard. billboard.ru.msn.com (2012-yil 19-sentyabr). 2014-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-avgust.
  5. Наталья Мущинкина. „Экс-солист группы «Корни» и его новый проект“ (ru). Московский комсомолец. mk.ru (2011-yil 22-iyun). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-avgust.
  6. „Экс-«Корни» доросли до театра“ (ru). 7дней.ru. 7days.ru (2011-yil 10-fevral). 2014-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-avgust.
  7. Татьяна Майорова. „В Москве прошла премьера спектакля по пьесе уфимской писательницы“ (ru). Российская газета. rg.ru (2011-yil 22-noyabr). 2014-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-avgust.
  8. Анна Монгайт. „Молодой террорист Павел Артемьев“ (ru). Телеканал «Дождь». tvrain.ru (2011-yil 20-noyabr). 2014-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-avgust.
  9. Татьяна Ткачева. „Воронежские поэты сыграют в спектакле столичного «Политеатра»“ (ru). Российская газета. rg.ru (2013-yil 16-avgust). 2014-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-avgust.
  10. Татьяна Сочива. „Откровенно об интимном“ (ru). Журнал «Ваш досуг». vashdosug.ru (2013-yil 14-sentyabr). 2014-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-avgust.
  11. „Антон Севидов: «На закрытии сезона в Новой Голландии было холодно, но люди пришли, чтобы послушать нас»“. 2021-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-dekabr.
  12. „Посмотрите трибьют композитору Юрию Чернавскому «Возвращение на банановые острова» от RBMA“. 2021-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-dekabr.
  13. YouTube logotipi трибьют Юрию Чернавскому YouTubeda