Parlamentarizm
Parlamentarizm — davlat hokimiyati tuzilishi. Bunda parlament imtiyozli mavqega ega boʻlib, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlarning funksiyalari aniq belgilab beriladi. Parlamentarizmda hukumat parlament tomonidan tuziladi va uning oldida javob beradi. P. tarixi Angliyada 1215-yil kabul qilingan "Erkinlikning Buyuk hartiyasi"dan boshlansada, 16—18-asrlardagi inqiloblar davrida vujudga kelgan. Bu davrning ilgʻor vakillari davlatni oqilona tuzish va tashkil qilish uchun hokimiyatni avvalo qonun chiqa-ruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʻlish kerakligini daʼvat qilganlar va shu yoʻl bilan mavjud davlat mexa-nizmi sistemasida mamlakatda qonun chiqarish va sudlovni amalga oshirish ustidan oʻz nazoratini oʻrnatishga, hatto hukumatni tashkil qilishda qat-nashishga muvaffaq boʻlganlar. Natijada Parlamentarizmning shakllaridan biri — konstitutsiyaviy monarxiya (Angliya va boshqa mamlakatlarda) taʼsis qilingan. Ij-timoiy aloqalar tuzilishi murakkablasha borishi bilan ijro etuvchi hokimiyat (prezident, hukumat) vakolatlarining kuchayish jarayoni yuz bermoqda.[1]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |