Park Geun-hye
Park Geun-hye talaffuzi: Pak Kin Xe | |
---|---|
koreyscha: 박근혜 朴槿惠 | |
11-Koreya Respublikasi Prezidenti | |
Mansab davri 2013-yil 25-fevraldan – 2017-yil 10-martgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Chong Hong-won Lee Wan-goo Hwang Kyo-ahn |
Oʻtmishdoshi | Lee Myung-bak |
Vorisi |
Moon Jae-in Hwang Kyo-ahn (v.b.) |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
2-fevral 1952-yil Tegu |
Dini | ateist |
Mukofotlari |
Pak Kin Xe (kor. 박근혜?, 朴槿惠?, 2-fevral 1952-yil, Tegu) – Koreya Respublikasining 11-prezidenti (2013—2016). Mamlakat tarixidagi birinchi ayol prezident[1][2][3].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1952-yil 2-fevralda Teguda tugʻilgan. 1974-yilda Songang universitetini tugatgan[4]. 1981-yilda diniy seminariyada oʻqigan va nasroniylikni oʻrgangan[5]. 1998-yilda parlament deputatligiga saylandi. 2004-2006-yillarda „Buyuk davlat partiyasi“ni boshqargan[6][7]. 2007-yilgi prezidentlik saylovlarida magʻlubiyatga uchradi. 2011-yilda „Buyuk davlat partiyasi“ nomi „Yangi marralar partiyasi“ deb oʻzgratirildi. 2012-yildagi parlament saylovida partiya gʻolib boʻldi[8][9]. 2012-yil 19-dekabrdagi prezidentlik saylovida 51,55% ovoz bilan gʻalaba qozondi[10].
Noroziliklar va qamoq jazosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yil oktyabrda prezident davlat boshqaruviga aloqador oʻta muhim masalalarni davlat organlari va mansabdorlar bilan emas, balki yaqin doʻstlari, jumladan folbinlar, shomonlar va aqidaparastlarning gapiga kirib hal qilayotgani maʼlum boʻlgan[11]. Shunday shubxali shaxslardan biri – uning dugonasi Choi Soon-sil boʻlib, uning komyuteridan davlatning iqtisodiy-siyosiy faoliyatiga aloqador maxfiy hujjatlar topilgan[12]. Park Geun-hye va uning yaqin doʻstlari ommaviy noroziliklarning asosiy sababchisiga aylandi[13][14]. 29-noyabr 2016-yilda deputatlar uni daxlsizlik huquqidan mahrum qilib, javobgarlikka tortishni taklif qilishdi[15]. 9-dekabr 2016-yil parlament qarori bilan impichment eʼlon qilindi va 30-mart 2017-yilda hibsga olingan[16][17]. 23-may kuni sud majlisida Park oʻziga qoʻyilgan 14 ayblovning hammasini rad etdi[18]. Yakuniy sud qarori bilan Park 170 million dollar jarimaga tortildi va 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Keyinchalik, ishni qayta koʻrib chiqish jarayonida muddat 25 yilga va jarima miqdori 20 milliard vongacha oshirildi. 2021-yil yanvarida mamlakat Oliy sudi 2020-yil yozida ishni koʻrib chiqish chogʻida chiqarilgan 20 yillik qamoq jazosini oʻz kuchida qoldirdi. 2021-yil dekabrida Janubiy Koreya prezidenti Moon Jae-in uni afv etdi[19].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Президентом Южной Кореи впервые ста“. РБК. Qaraldi: 2016-yil 24-noyabr.
- ↑ V Yujnoy Koree arestovali eks-prezidenta strani Pak Kin Xe
- ↑ (Wayback Machine saytida 2014-03-23 sanasida [https://web.archive.org/web/20140323092309/http://www.t.news1.kr/articles/782410 arxivlangan) [새누리 후보 확정] [프로필] 박근혜 새누리당 대선 후보]
- ↑ „8·15대통령저격사건“. Qaraldi: 2016-yil 24-noyabr.
- ↑ „박근혜 前 대표의 종교는? - 노컷뉴스“. www.nocutnews.co.kr. Qaraldi: 2016-yil 24-noyabr.
- ↑ Kim Nam-kwon(김남권).. „박근혜, 野시절 `40대 0 신화'.이번엔?“ (Korean). Yonhap News (4-oktabr 2011-yil). Qaraldi: 16-may 2012-yil.
- ↑ Kim Min-ja(김민자).. „'선거의 여왕' 박근혜, 총선에서 뒷심 발휘할까?“ (Korean). NewsIs (29-mart 2012-yil). Qaraldi: 16-may 2012-yil.
- ↑ Ramstad, Evan „Odds & Ends A Day After The Election“. The Wall Street Journal Asia (12-aprel 2012-yil). 2012-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-aprel 2012-yil.
- ↑ „대선 양자구도, 박근혜 처음으로 안철수 앞서“ (Korean). Realmeter (16-aprel 2012-yil). 2012-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-aprel 2012-yil.
- ↑ „Park Geun-hye Elected Saenuri Party's Presidential Candidate“. KBS Global (20-avgust 2012-yil). 2013-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-mart..
- ↑ Taynie sovetniki. Vibirat politicheskiy kurs prezidentu Korei pomogali gadalki, sektanti i jigolo
- ↑ Choe Sang-Hun. „A Presidential Friendship Has Many South Koreans Crying Foul“ (en). New York Times (2016-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 30-noyabr.
- ↑ „Пак Кын Хе самым непопулярным в истории Кореи президентом“. Российская газета. Qaraldi: 2016-yil 24-noyabr.
- ↑ Shaman na visshem urovne, „Kommersant“
- ↑ McCurry, Justin „South Korea's president calls on parliament to arrange her exit“. 'The Guardian' (29-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 29-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Конституционный суд Южной Кореи утвердил импичмент Пак Кын Хе“. Газета.Ru. Qaraldi: 2017-yil 10-mart.
- ↑ V Yujnoy Koree zaderjali eks-prezidenta Pak Kin Xe
- ↑ Eks-glava Yujnoy Korei Pak Kin Xe v zale suda otvergla vse obvineniya
- ↑ „South Korea pardons former President Park Geun-hye“ (en). Dw.com (2021-yil 24-dekabr). 2021-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-dekabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Park Geunhye addresses „U. S.-Korea Relations in a Changing World“
- Park Geunhyeʼs speech at the JFK Jr. Forum (Wayback Machine saytida 2008-09-08 sanasida arxivlangan)
- „Star Rises for Daughter of South Korea“.
- Prokuratura vidvinula obvinenie eks-prezidentu Yujnoy Korei
- Bivshego prezidenta Yujnoy Korei ofitsialno obvinili v korrupsii