Kontent qismiga oʻtish

Paralimpiya oʻyinlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Paralimpiya o‘yinlaridan yoʻnaltirildi)

Paralimpiya oʻyinlari nogironligi boʻlgan (eshitish qobiliyatini yoʻqotganlardan tashqari) shaxslar uchun xalqaro sport musobaqasidir. Para — avvaliga „paralich“ soʻzidan olingan va umurtqa pogʻonasidagi muammolar tufayli tana aʼzolarining muayyan qismi harakatlana olmasligiga ishora boʻlgan, ammo keyinchalik musobaqa ishtirokchilari safining kengayishi bois „parallel“ soʻzining dastlabki qismiga ishora tarzida talqin qilina boshlagan, yaʼni asosiy olimpiada oʻyinlariga parallel ravishda oʻtkaziluvchi musobaqani anglatishi taʼkidlangan.

Yozgi va qishki Paralimpiya oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yozgi Paralimpiya oʻyinlari 1960-yildan, qishki Paralimpiya oʻyinlari esa 1976-yildan muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda. 1988-yildan ushbu musobaqalarning Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan sport arenalarida oʻtkazilayotgani eʼtiborga molik. Dastlabki paralimpiadada 23 davlatdan kelgan 400 nafar aravachali sportchi bahslashgani tarixda qolgan. Oʻzbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi 2007-yildan buyon faoliyat olib boradi. Oʻzbekiston vakillari ilk bora Pekinda 2008-yili oʻtkazilgan paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etishgan.

2012-yili Londondagi musobaqalarda oʻzbekistonlik 10 sportchi qatnashgan. Sharif Xalilov dzyudo boʻyicha 76 kilogrammgacha vazn toifasida finalgacha yetib borgan va kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida 2016-yili oʻtkazilgan XV Paralimpiya oʻyinlari Oʻzbekiston delegatsiyasining muvaffaqiyati yodda qolgan. Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan 32 sportchi jami 31 medal sohibiga aylangan.[1][2]

Yozgi Paralimpiya oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yozgi Paralimpiya oʻyinlari
N Yil Tashkilotchi shahar
I 1960 Rim
II 1964 Tokio
III 1968 Tel-Aviv
IV 1972 Geydelberg
V 1976 Toronto, Ontario
VI 1980 Arnem
VII 1984 Stok-Mandevil, Nyu-York
VIII 1988 Seul
IX 1992 Barselona
X 1996 Atlanta
XI 2000 Sidney
XII 2004 Afina
XIII 2008 Pekin
XIV 2012 London
XV 2016 Rio-de-Janeyro
XVI 2020 Tokio

Qishki Paralimpiya oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qishki Paralimpiya oʻyinlari
N Yil Tashkilotchi shahar
I 1976 Ernshyoldsvik  Shvetsiya
II 1980 Geylo  Norvegiya
III 1984 Insbruk  Avstriya
IV 1988 Insbruk  Avstriya
V 1992 Tignes  Fransiya
VI 1994 Lillehammer  Norvegiya
VII 1998 Nagano  Yaponiya
VIII 2002 Solt-Leyk-Siti  AQSh
IX 2006 Turin  Italiya
X 2010 Vankuver  Kanada
XI 2014 Sochi  Rossiya
XII 2018 Pxyonchxan  Janubiy Koreya
  1. „Paralimpiada yakunlari: 32 ishtirokchi va 31 medal“. Qaraldi: 8-avgust 2022-yil.
  2. ; Farhod Turdiyev; Munavvarxon Rasulova"Olimp sari" (oʻzbek). "Navro'z" nashriyoti — 65-bet. ISBN 978-9943-381-37-7.