Pandus
Qiyofa
Pandus (frans. pante douce— nishab, qiyalik) — binoning eshigi, darvozasiga kiriladigan nishab maydoncha; baʼzan zinapoya vazifasini oʻtaydi. Oʻrta Osiyo hududidagi qadimgi shahar qalʼa va koʻshklarga panduslar orqali koʻtarilgan. Togʻlar orasida joylashgan turar joylarga maxsus panduslar ishlangan (Samarqanddagi Xoʻja Doniyor maqbarasida, Qashqadaryo viloyati Gʻilon qishlogʻida, Nurota togʻ etaklaridagi qoʻrgʻon va qalʼalarga chiqishda, Surxondaryodagi "Bibishoy" koʻprigi, Bu-xoro arki darvozasi oldidagi panduslar va boshqalar). Zamonaviy meʼmorlikda jamo-at, sanoat binolari, transport inshootlari, garaj kabilar qurilishida panduslardan foydalanilmoqda.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |