Kontent qismiga oʻtish

Pamyatniki zodchestva Xorezma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pamyatniki zodchestva Xorezma
Asl nomi ruscha: Памятники зодчества Хорезма
Muallif(lar) Liya Mankovskaya
Vera Bulatova
Muharrir(lar) D. A. Bixovskiy
Mamlakat SSRI
OʻzSSR
Til ruscha
Janr(lar)i ilmiy nashr
Nashr etilgan sanasi 1978-yil
Nashriyot Издательство литературы и искусства имени Гафура Гуляма
Sahifalar soni 192

Pamyatniki zodchestva Xorezma (ruscha: Памятники зодчества Хорезма) — Oʻzbekistonning Xorazm viloyatidagi meʼmoriy yodgorliklar toʻgʻrisida ilk qoʻllanma. 1978-yil Toshkent shahrida „Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti“da chop etilgan[1].

Ilmiy nashr mualliflari — Liya Mankovskaya va Vera Bulatova, ilmiy muharrir — Galina Pugachenkova. Kitobni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etishgan: D. A. Bixovskiy – muharrir, N. A. Vzenkonskaya – rassom, M. M. Reyx – rasmlari muharriri, T. I. Smirnova – texnik muharrir, V. I. Kiva – musahhih. Kitob adadi – 5 000 nusxa[1].

Kitobda Xorazm viloyatining koʻp oʻrganilmagan meʼmoriy merosi birinchi marta toʻliq yoritilgan. Tarixiy ocherk arxeolog V. Bulatovaning qalamiga mansub boʻlib, unda qurilish faoliyatining asosiy bosqichlari va umuman Xorazmning tarixiy taqdiri toʻgʻrisida soʻz yuritiladi. Kitobning tarixiy-meʼmorlikka oid qismi arxitektor L. Mankovskaya tomonidan yozilgan. U Xiva (Ichan qalʼa va Dishan qalʼa), Urganch, Gurlan, Xonqa, Shovot va Xorazm viloyatining boshqa aholi punktlaridagi barcha monumental yodgorliklar haqidagi maʼlumotlarni umumlashtiradi. Kitobda tarixiy va me'moriy obzorda barcha turdagi binolarning rivojlanishi ko'rsatilgan. Har bir yodgorlik haqida batafsil ma'lumotlar birlashtirilgan katalogda keltirilgan[1].

Kitob keng kitobxonlar (oʻlkashunoslar, Oʻzbekiston tarixiy va madaniy yodgorliklarini himoya qilish jamiyati ishchilari) qatorida, mutaxassislar (arxitektorlar, sanʼatshunoslar, tarixchilar va tarixiy shaharlarni restavratsiya va rekonstruksiya qilish sohasida ishlovchilar) uchun mo'ljallangan[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Памятники зодчества Хорезма 1978.
  • Маньковская Л. Ю., Булатова В. А Памятники зодчества Хорезма — Из-во литературы и искусства имени Гафура Гуляма. — Т., 1978. — P. 192.