Oyqor (qissa)
Qiyofa
Muallif(lar) | Nurali Qobul |
---|---|
Janr(lar)i | qissa |
Nashr etilgan sanasi | 1978 |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ |
Sahifalar soni | 111 |
„Oyqor“, toʻliq nomi „Oyqor (voqeiy qissa)“ – oʻzbek yozuvchisi Nurali Qobul qalamiga mansub qissa. Muallifning ilk yirik asari boʻlib, 1978-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Asarda sovet davrida qishloq xoʻjaligining kollektivlashtirilishi haqida hikoya qilinadi. 1982-yil qissaning L. Samoyov oʻgirgan ruscha tarjimasi nashr etilgan[1].
„Oyqor“ qissasi Qobulning 1979-yil chop etilgan „Salom, togʻlar“ qissasi bilan bir qatorda oʻquvchilar va tanqidchilar orasida keng muhokama qilingan[2]. Qissa uchun Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Rahmat Fayziy „umidli qalam sohibi“ nomi bilan kirish soʻzini yozgan[2]. 1978-yil „Yosh leninchi“ gazetasida „Qorli togʻlar qoʻshigʻi“ nomi bilan qissadan parcha chop etilgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Oyqor“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 29-sentyabr.
- ↑ 2,0 2,1 Toʻychiyev, A. (2020). „Нурали Қобул ижодига умумий назар“. Ilmiy xabarlar. № 4. Fargʻona. 107–109-bet. Qaraldi: 27-sentyabr 2024-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Ўзбек адабиёти“ (PDF). Ўзбекистон ССР солномаси. № 6. 1978. 207-bet. Qaraldi: 27-sentabr 2024-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()