Ovoz (teleloyiha)
Ovoz | |
---|---|
“Ovoz” loyihasi logotipi | |
Boshqa nomi | The Voice of Uzbekistan |
Turi | Musiqa |
Muallif(lar) |
Shuhrat Ahmedov Evner Latibjanov Hamdam Turanov |
Qaysi asarga asoslangan | The Voice |
Yaratuvchi(lar) | John de Mol |
Rejissyor | Baxtiyor Safarov |
Hakam(lar) |
Ozodbek Nazarbekov Tohir Sodiqov Sevara Nazarxon Farrux Zokirov |
Sharhlovchi(lar) | Mirshakar Fayzulloyev |
Bastakor(lar) | Nodira Qodirova |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til |
oʻzbekcha ruscha |
Mavsumlar soni | 1 |
Qismlar soni | 17 |
Ishlab chiqarish | |
Ijrochi prodyuser(lar) | Rahmonali Yoʻlchiboyev |
Prodyuser(lar) | Timur Salimov |
Muharrir(lar) | Umid Musayev |
Kamera |
Jobir Abdunodirov Furqat Saidmamatov Mirzo Mirzakarimov Hojiakbar Abrorov Ulugʻbek Ilhomov Muzaffar Ubaydullayev Ahror Olimjonov Mirjalol Otaxoʻjayev Elyor Ibrohimxoʻjayev Abror Latipov Shukrullo Qoʻchqorov Nasrullo Hayrullayev Shahzod Dalabpyev Sobir Qurbonov |
Qism davomiyligi | 80-150 daqiqa |
Efirga uzatilishi | |
Telekanal | Zoʻr TV |
Tasvir formati | 1080p |
Ovoz formati | Stereo |
Holati | Mavsumiy tanaffus |
Oʻxshash koʻrsatuv(lar) | Ovoz Bolalar |
„Ovoz“ („The voice of Uzbekistan“) – oʻzbekcha koʻngilochar vokal isteʼdodlari musiqiy loyihasi. Bu musiqiy loyiha niderlandiyalik prodyuser John de Mol tomonidan yoʻlga qilingan „The Voice“ televizion vokal tanlovi formatining oʻzbekcha talqini. 2024-yil 20-apreldan „Zoʻr TV“ telekanalida efirga uzatila boshlandi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Ovoz“ musiqiy loyihasi „The Voice“ loyihasining rasmiy franshizasi boʻlib, 2024-yil 16-martda „Zoʻr TV“ telekanalida uning taqdimot marosimi oʻtkazildi. Shu kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Oʻzbekiston shu teleloyihani namoyish etish huquqini olgan dunyodagi 76-mamlakat ekanligi aytildi. Marosimda „Ovoz“ musiqiy loyihasining ilk murabbiylari sifatida Farruh Zokirov, Sevara Nazarxon, Tohir Sodiqov va Ozodbek Nazarbekov tanishtirildi[1].
Boshlovchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boshlovchi | Mavsum |
---|---|
1 | |
Mirshakar Fayzulloyev |
Murabbiylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Murabbiylar | Mavsum | |||
---|---|---|---|---|
1 | ||||
Farruh Zokirov | ||||
Sevara Nazarxon | ||||
Tohir Sodiqov | ||||
Ozodbek Nazarbekov |
Eʼtirozlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]“Uyimni sotib bo‘lsa ham beraman” — Ozodbek Nazarbekov “Ovoz” loyihasiga sarflangan 2 mlrd so‘m uchun malomat qilmaslikni so‘radi. Mazkur loyihaga Oʻzbekiston byudjetidan 2 milliard so‘m mablag‘ sarflangan va bu muhokamalarga sabab bo‘lib kelmoqda.
Anjumanda Ozodbek Nazarbekov agar jamoatchilik sarflangan mablag‘ga e’tiroz bildirayotgan bo‘lsa, pulni o‘z yonidan qaytarib to‘lashga roziligini aytib o‘tdi:
Bir narsani tushuninglar, bugungi kunda O‘zbekistonni nufuzini ko‘tarishga “Ovoz” loyihasi ham xizmat qiladi. Agar shuning uchun 2 milliard so‘m sarflash jinoyat bo‘lsa, men bunga roziman. Butun dunyoda yagona musiqiy shou mana shu loyiha bo‘lib turibdi va 76 ta davlatda namoyish etiladi. Sarflangan 2 milliard so‘mga malomat qilaversanglar, shu pulni hozir uyimni sotib bo‘lsa ham beraman.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O‘zbekistonda “Ovoz” («Голос») loyihasi faoliyat boshlaydi“ (2024-yil 18-mart). Qaraldi: 2024-yil 4-iyun.