Kontent qismiga oʻtish

Ormond Beatty

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ormond Beatty

Ormond Beattyning John Sartain tomonidan chizilgan portreti
Tavalludi 13-avgust 1815-yil
Vafoti 24-iyun 1890-yil(1890-06-24)
(74 yoshda)
Danville, Kentukki, Amerika
Fuqaroligi AQSh
Taʼlimi Markaziy Kollej
Yale universiteti
Kasbi Pedagog, administrator
Turmush oʻrtogʻi
Sarah Lewis Rochester
(turm. 1839, vafoti)

Mildred Ann Bell
(turm. 1848; vaf. 1867)

Elizabeth O. Boyle
(turm. 1879; vaf. 1886)
Bolalari 2
Imzosi

Ormond Beatty amerikalik pedagog, administator va Kentukki shtatidagi Danville shahri markaziy kollejining yettinchi prezidenti boʻlgan. Markaziy kollejni 1835-yilda tamomlagan Beatty keyingi yili kimyo, tabiiy falsafa, matematika, metafizika, Injil hamda cherkov tarixi fanlaridan dars bergan. 1868-yilda William L. Breckinridge isteʼfoga chiqqandan soʻng Beatty uning oʻrniga vaqtinchalik Markaziy kollej prezidenti etib tayinlanadi, 1870-yilda esa rasman vasiylar kengashi tomonidan prezident qilib saylangan. Beatty kollej prezidentlari orasida boshqalaridan ajralib turgan chunki u avvalgi prezidentlardan farqli oʻlaroq xristian boʻlmagan. 1888-yilda is’tefoga chiqqandan keyin ham ikki yil davomida kollejda dars bergan va 1890-yilda vafot etgan. Bundan tashqari Beatty diniy ishlarga ham aralashgan va Kentukkidagi birinchi va ikkinchi Presviterian cherkovida rohibi hamda uchta Presviterian cherkovida va ilohiyot seminariyasida ishonchli vakillardan biri hisoblangan.

Yoshligi va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Beatty 1815-yil 13-avgustda Kentukkida dunyoga kelgan[1]. Beatty oiladagi beshta farzanddan toʻrtinchisi boʻlgan, ota-onasining ismi esa Sarah va Adam[2]. Uning otasi tuman sudyasi va Whig partiyasining Kentukki Bosh Assambleyasi aʼzosi boʻlgan, bundan tashqari 1838—1839-yillardagi Amerika Qoʻshma Shtatlari Vakillar Palatasidagi saylovlarda ishtirok etgan, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Yoshligida Kentukkida joylashgan Franklin akademiyasida oʻqigan[3]. Beatty dastlab Ohio universitetida oʻqishga qaror qilgan, ammo Yerkes, Hays, and Blayney tomonidan yozilgan biografiyaga koʻra u soʻnggi daqiqalarda Kentukkidagi markaziy kollejda oʻqishni tanlagan[4]. Birinchi kursdan ikkinchi kursga koʻchirilgan holda uch yil oʻqib bu kollejni 1835-yilda tamomlagan[5]. Oʻqishni tamomlashidan oldin kollej prezidenti John C. Young Beattyga oʻqituvchi boʻlishni taklif qilgan, Beatty taklifga rozi boʻlgan ammo kollejni tamomlagach ish boshlagan[4]. Bu orada Benjamin Silliman qoʻl ostida keyingi oʻqishini davom ettirgan. Beatty Yale kollejining kichik sinfiga qoʻshiladi va yetti oy davomida haftada olti marta Silliman tomonidan oʻtkaziladigan maʼruzalarga qatnashadi[6].

Yaleda oʻqishni tamomlagandan soʻng, 1836-yilda oʻzi oʻqigan markaziy kollejga qaytadi. Beatty kollejda ishlash taklifini qabul qilganligi sababli kollejda kimyo va tabiiy falsafa fanlaridan professor sifatida ishlay boshlagan. 1847-yilda matematikadan dars bera boshlagan[6]. Shu yili sanʼat yoʻnalishida magistrlik darajasini olgan[7]. Beatty besh yil davomida sanʼat sohasida ishlagan. 1852-yildan boshlab esa oʻzi dars beradigan dastabki ikki sohada (kimyo, tabiiy falsafa) ishlashga qaytgan va 12 yil davomida ishlagan[6]. Oʻqituvchilik bilan bir qatorda, Kentukkidagi Boyle okrugi uchun Smithsonian institutida iqlim kuzatuvchisi boʻlgan, ayniqsa 1861-yilda boʻlib oʻtgan Barbourville[8], 1862-yilda boʻlib oʻtgan Perryville urushlarida[9] rasmiy ob-havo kuzatuvlarini yozib olganligi uchun eʼtiborga tushgan. 1863-yilda Abraham Lincoln Beattyni Nyu Yorkdagi Amerika harbiy akademiyasiga mehmon sifatida taklif qiladi[10]. 1866-yilda Princeton universiteti tomonidan faxriy Legum doktori darajasi bilan mukofotlanadi[11].Beatty 1868-yil kollej prezidenti William L. Breckinridge isteʼfoga chiqqunga qadar kollejda dars bergan[12], prezident isteʼfoga chiqqandan soʻng esa uning oʻrniga vaqtinchalik prezident etib tayinlangan, 2 yildan soʻng 1870-yil 1-sentabrda esa vasiylar kengashi tomonidan rasman prezident qilib belgilangan[13]. Beatty boshqa prezidentlardan farqli oʻlaroq xristian emas edi[14]. Beattyning dastlabki yutuqlaridan biri kollejning eski asosiy binosini qurdirishi edi, bino 1870-yildan 1872-yil 26-iyunga qadar qurilib topshirilgan va umumiy hisobda 60.000 dollar sarflangan. Keyinchalik bu bino oʻrniga Grace Doherty kutubxonasi qurilgan[15]. 1873-yil martda Falls sharidagi Tobacco Bankidan 300.000 dollar oʻgʻirlangan, bundan 100.000 dollari bank hisobidan edi, ammo Beatty zararni qoplashga astoydil urinib 58.000 dollarni cherkov va yaqin atrofdagi aholi yordami bilan toʻplaydi.
1886-yilda kollej talabalari va bitiruvchilari tomonidan Ormond Beatty mukofoti taʼsis etilgan va bu haqida John Finis Philips taqdimotda nutq soʻzlaydi[16]. Beatty 1886-yil 15-iyun va 30-noyabrda isteʼfoga chiqish toʻgʻrisida ariza berib, prezidentlik lavozimidan ketishga bir necha bor urinib koʻrgan, ikkinchi arizasi qabul qilingan, ammo voris topilmaguncha ishdan ketmagan. Garchi bu jarayon uzoq davom etgan boʻlsa-da, sobiq prezident John C. Youngning oʻgʻli William C. Young 1888-yil 19-iyunda prezident etib tayinlangan. Beatty 18 yil davomida kollej prezidenti boʻlgan. Vasiylar uni fakultetning bir qismi sifatida saqlab qolish maqsadida uni metafizika professori etib saylagan. Kengash Beattyni kollejda uzoq muddat saqlab qolish uchun harakat qilgan bunga sabab uning uzoq muddat pedagoglik faoliyati va mahorati edi[17].

Shaxsiy hayoti va vafoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
A large headstone reading „BEATTY“ in all caps with the names of the subject and his wife, and the birth and death dates of both persons.
Beattyning qabrtoshi, Bellevue qabristoni

Beatty hayoti davomida 3 marta uylangan, afsuski har bir ayoli vafot etgan. Birinchi ayoli Sarah Lewis Rochester edi, Sarah Rochester texnalogiya instituti prezidenti Nathaniel Rochesterning qarindoshi boʻlgan. Ularning Charles ismli farzandi boʻlgan, Yerkes, Hays va Blayneyning yozishicha bir-ikki yil vaqt oʻtmasdan u vafot etadi[18]. Mildred Ann Bell Beattyning ikkinchi ayoli boʻlib undan Pattie ismli farzandi boʻlgan[19][20]. Ular 1848-yilda turmush qurishgan, ammo 1867-yilda vafot etgan, Beatty ham vafot etgandan keyin uning Annning yoniga dafn etilgan. 1879-yilda Jeremiah Boylening bevasi Elizabeth Boyle bilan turmush qurgan ammo ularning farzandi boʻlmagan. Elizabeth 1886-yil vafot etadi[19].
Beatty 1890-yil 24-iyun 74 yoshida Danvilleda vafot etgan[21]. Oʻsha vaqtda u kollejda prezidentlikdan boʻshab 2 yil davomida dars berib kelayotgan edi. Tibbiy muolajala olayotgan boʻlishga qaramay, dars berishni toʻxtatmagan[22]. Uning dafn marosimi 26-iyun kuni Danvilledagi Ikkinchi Presviterian cherkovida boʻlib oʻtgan va bu marosimga ruhoniy C. B. H. Martin raislik qilgan[23]. Beatty Danvilledagi Bellevue qabristoniga dafn etilgan.

  1. Yerkes, Hays & Blayney 1893, s. 7.
  2. „Beatty-Quisenberry Family Papers, 1796–1962“. The Filson Historical Society (2013-yil 21-avgust). 2022-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-mart.
  3. Yerkes, Hays & Blayney 1893, ss. 8–9.
  4. 4,0 4,1 Yerkes, Hays & Blayney 1893, s. 9.
  5. „Ormond Beatty, Centre College President (1868–1888)“. CentreCyclopedia. Centre College. 2022-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-mart.
  6. 6,0 6,1 6,2 Yerkes, Hays & Blayney 1893, s. 10.
  7. Nelson, A. B.. „Dr. Ormond Beatty“. Herald and Presbyter. Cincinnati, Ohio and St. Louis, Missouri: Monfort and Company (1912-yil 26-iyun), s. 8. 2022-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-mart.
  8. „The Battle of Barbourville“. Kentucky Climate Center. 2022-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-mart.
  9. „The Battle of Perryville“. Kentucky Climate Center. 2022-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-mart.
  10. Yerkes, Hays & Blayney 1893, s. 13.
  11. General Catalogue of Princeton University, 1749–1906. Princeton, New Jersey: Princeton University, 1908 — 426-bet. Qaraldi: 2023-yil 8-mart. 
  12. "Central University". Bulletin of Kentucky Department of Education 7 (4): 296. July 1914. https://books.google.com/books?id=8BwwAQAAMAAJ&pg=PAPA296. Qaraldi: March 8, 2023. Ormond Beatty]]
  13. Lewis 1899, s. 119.
  14. Weston 2019, s. 42.
  15. „Old Main“. CentreCyclopedia. Centre College. 2023-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-avgust.
  16. Yerkes, Hays & Blayney 1893, s. 17.
  17. Yerkes, Hays & Blayney 1893, s. 11.
  18. „Osmond Beatty [sic in the Kentucky, U.S., County Marriage Records, 1783–1965“]. Ancestry.com. Madison County Courthouse. 2023-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-avgust.
  19. 19,0 19,1 Yerkes, Hays & Blayney 1893, s. 12.
  20. The Biographical Encyclopædia of Kentucky of the Dead and Living Men of the Nineteenth Century. Cincinnati, Ohio: J. M. Armstrong & Company, 1878 — 203-bet. Qaraldi: 2023-yil 30-avgust. 
  21. Appleton 1891, s. 633.
  22. Yerkes, Hays & Blayney 1893, s. 20.
  23. Yerkes, Hays & Blayney 1893, s. 22.