Kontent qismiga oʻtish

Oraz Abdurazakov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oraz Abdurazakov
Tavalludi
Oraz Raximjonovich Abdurazakov

14-mart 1981-yil (1981-03-14) (43 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston milliy universiteti
Kasbi shoir, jurnalist, PR-ekspert
Turmush oʻrtogʻi Veronika Abdurazakova (Isakova)
Bolalari Meran, Leysan va Aylin
Otasi Raximjon Abdurazakov
Onasi Raisa Abdurazakova

Oraz Raximjanovich Abdurazakov (tugʻ. 1981-yil 14-mart, Toshkent, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi) — oʻzbek yozuvchi, shoir, jurnalist, tarjimon va jamoat arbobi, PR-ekspert. Tarixiy sarguzasht romani va sheʼriy roman janrlarida ijod qilgan.

1981-yilda Oraz Abdurazakov Toshkent shahrida oʻzbek rentgenologi, tibbiyot fanlari nomzodi Rahimjon Abdurazakov va Toshkent teatr-sanʼat instituti oʻqituvchisi, musiqashunos Raisa Abdurazakovalar oilasida tavallud topgan.

1997-yilda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirgan. 2005-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetida „Ommaviy axborot vositalari auditoriyasi monitoringi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2014-yilda London School of Public Relations maktabini imtiyozli diplom bilan tamomlagan[1].

2001-yildan 2002-yilgacha Oraz Abdurazakov „Algoritm“ OAJ bosh direktorining yordamchisi sifatida ish yurutgan, korxonaning ichki va tashqi aloqalari uchun mas’ul boʻlgan. 2002-yilda Toshkentdagi yirik „Iqtisodiyot va huquq dunyosi“ nomli xususiy media-xolding jamoasiga qoʻshilgan va u yerda muxbir lavozimida ishlab, soʻngra „PressTIJ-TV“ gazetasining bosh muharrir boʻlgan. 2005-yilning avgust oyida u nashriyot direktori oʻrinbosari lavozimini egallagan[2]. 2008-yilda Meran Media reklama agentligini boshqargan[3].

2008-yilning 22-dekabrda Oʻzbekistonda „Beeline“ savdo belgisi ostida faoliyat yurituvchi „Unitel“ MChJning PR boʻlimiga rahbarlik qilgan. 2014-yilning avgust oyida Oraz Abdurazakov „Buzton“ bosh direktori etib tayinlangani[4][5]. 2017-yilning aprel oyidan boshlab esa bir vaqtning oʻzida Unitel kompaniyasinig tashqi aloqalar va kommunikatsiyalar direktori lavozimini egallab kelgan[6].

2019-yilning 19-iyul kuni Oraz Abdurazakov oʻzining nashriyot va biznes loyihalarini amalga oshirish maqsadida „Unitel“ va „Buzton“ kompaniyalaridagi  lavozimlarini tark etishga qaror qilgan[7]. Oʻsha yili oktabr oyidan boshlab u Unique Present Media Holdinghamkori hisoblanadi[8].

2020-yildan boshlab GRANDPR strategik kommunikatsiyalar agentligi asoschisi va rahbari. 2021-yildan 7SABER sport brendi asoschisi va bosh direktori[9]. Shuningdek, 2022-yildan „Research Group Central Asia“ tadqiqot xoldingining hamkori.

Qator kasbiy va sanoat mukofotlarningsohibi, jumladan 2012-yilda „National Uzbekistan Brand Awards“, yilning eng yaxshi PR kampaniyasi. 2017-yilda „Isteʼmolchi bilan muloqot uchun“ Marketing Premium mukofoti va Adweek reklama tanlovida „Eng yaxshi PR loyihasi uchun“[10]. Milliy marketing assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston aloqa agentliklari assotsiatsiyasi eksperti[11].

Oraz Abdurazakovning ilk sheʼrlari 1990-yilda „Pioner“ va „Vecherniy Tashkent“ gazetalarida chop etilgan. Ayni paytda oʻzbek va rus estrada xonandalarining bir qancha qoʻshiqlari muallifi va hammuallifi[12]. 2010-yilda u „Vimpel-Kommunikatsii“ va „Beeline“ brendi ostida faoliyat yurituvchi VEON telekom xoldingining madhiyasi boʻlgan „Beeline“ xalqaro korporativ qoʻshigʻining matni muallifi.

Oraz Abdurazakovning yana bir qoʻshigʻi, Zoʻr-Zoʻr Star musiqiy teleloyihasining madhiyasi eng mashhur chartlarida bosh oʻrinlarni egallagan. Uning oʻrta asrlarning buyuk hukmdori Amir Temurning yuksalishi va toj kiyishiga bagʻishlangan „Hukmdor“ sheʼriy romani 2016-yilning dekabr oyida Toshkentdagi „Akademnashr“ nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etilgan. Oraz Abdurazakovning birinchi kitobi temurshunos olimlar va adabiyotshunoslarning qizgʻin javoblariga sazovor boʻldi.Taqdimotda soʻzga chiqqan vaqtda shoir roman gʻoyasi va uning ilk qoralamalari bundan yigirma yil Temur tavalludining 660 yilligi, avval bayrami tantanasi paytida paydo boʻlganini taʼkidladi, shuningdek, „Hukmdor“ afsonaviy sarkarda haqidagi dekalogiya kitoblaridan biri boʻladi[13][14].

2019-yilning iyun oyida Rossiyaning „Eksmo“ nashriyot uyi Oraz Abdurazakovning „Shpaga d’Artvnyana“ tarixiy sarguzasht romanini chop etadi. Kitob Aleksandr Dyumaning uch mushkityaorlar trilogiyasinig davomi hisoblanadi[15].

2019-yilning 10-dekabrida Oraz Abdurazakov tomonidan yaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining sheʼriy tarjimasi ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilindi. Shoir taklif qilgan matnning oʻziga xos xususiyati uning Mutal Burxonovning asl kuyiga toʻliq ritmik mos kelishi edi[16].