Oqsuv (soy)
Qiyofa
Oqsuv — Qashqadaryo viloyatidagi soy. Qashqadaryoning irmogʻi. Hisor tizmasining gʻarbiy yon bagridagi muzliklardan boshlanadi. Uz. 62 km. Suv yigʻilish maydoni 845 km², oʻrtacha bal. 2444 m. O.ga chapdan Dahansoy, Obikixona, Gelendaryo, Rabot, Sujar kabi irmoqlar, oʻngdan Shutsoy quyiladi. O. Chiroqchidan 18 km yuqorida Qashqadaryoga kuyiladi. Qormuzliklardan suv oladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 12,3 m³/sek. Eng koʻp suv sarfi iyun oyiga, eng kam suv sarfi dekabr—yanvarga toʻgʻri keladi. Yillik suvining 49,2% mart—iyunda oqib oʻtadi. O.ning oʻrtacha oqim moduli 14,6 l/sek, km². O.dan Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi tumanlarining ekin-zorlari sugʻoriladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |